JINOIY JAZO — jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan davlatning majburlov chorasi. Sud hukmi b-n qoʻllaniladi. Jinoiy jazoning qatʼiy roʻyxati faqat jinoyat qonunida beriladi va JKda koʻrsatilmagan boshqa birorta chora Jinoiy jazo chorasi hisoblanmaydi. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan Jinoiy jazoning turi va ogʻirlik darajasi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasiga bogʻliqdir. Jinoiy jazoning boshqa majburlov choralaridan farqi uning davlat nomidan sud tomonidan tayinlanishi, jazolash (maʼnaviy, moddiy, jismoniy cheklash) darajasining ancha yuqori boʻlishi, mahkumning huquq va erkinliklari qonunda belgilangan tartibda jiddiy cheklanishidadir. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, Jinoiy jazo choralari quyidagilardan iborat: jarima, muayyan huquqdan maxrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish, oʻlim jazosi, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum etish.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые