JINNIDARYO

JINNIDARYOQashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi daryo, Qashqadaryoning chap irmogʻi, boshlanishida Zoʻgʻatasoy deb ham nomlanadi. Zarafshon va Hisor togʻ tizmalarini tutashtiruvchi Shertogʻning gʻarbiy yon bagʻirlari (2500 m)dan oqib tushuvchi 100 dan ortiq irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uz. 57 km, havzasining mayd. 367 km2. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,35 m3/sek (Jovuz qishlogʻi yaqinida). Yillik oqimining 56% bahorgi toʻlinsuv davri (mart — iyun)da oqib oʻtadi. Suv eng koʻp boʻladigan oy — apreldagi oʻrtacha suv sarfi 3,30 m3/sek ga yaqin. Jala yoqqan paytlarda Jinnidaryodan sel keladi, bu vaqtda suv sarfi sekundiga 46,2m3 gacha (26.3.1970) ortadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x