JINGʻILSOY — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Nurota togʻ tizmasining gʻarbiy tarmogʻi — Qoratogʻning shim. yon bagʻirlaridagi (880 m) buloqlardan boshlanib, asosan gʻarbiy va shim. yoʻnalishda oqadi. Uz. 30 km, havzasining mayd. 71 km2 boʻlib, Qizilqum choʻli bilan tutashib ketgan past togʻlarda joylashganligidan kam suvli. Kuchli jala quyganda va erta bahorda Jingʻilsoy toʻlib oqadi, yozda suvi kamayadi va qurib qoladi. Yuqori oqimida, ayrim joylarida buloq, suvlari chiqib turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые