JILTEMASOY — Samarqand viloyati Nurota tumanidagi soy. Qalamjarsoy (Selsoy)ning chap irmogʻi. Oqtogʻ tizmasining shim. yon bagʻridagi Langar qishlogʻi yonidan boshlanib, shim. ga tomon oqadi. Kirichsoy qoʻshilgandan soʻng Nurota tekisligiga chiqadi va Chuyamoy deb ataladi. Qalamjarsoygacha yetib bormasdan Soykechar qishlogʻidan 3 km jan.-gʻarbda qurib qoladi. Uz. 18 km, xavzasining mayd. (togʻli qismi) 25 km2. J. qisman qor, asosan yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 80 —100 l/sek. Suvi fev. — apr. da koʻpayadi, may, ayniqsa, iyundan kamayib ketadi. Lekin havzasida buloqlar koʻp boʻlganidan butunlay qurib qolmaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые