JIGʻILDON

JIGʻILDON — bir qancha umurtqasiz hayvonlar (koʻpchilik mollyuskalar, chuvalchanglar, hasharotlar) va qushlarda qiziloʻngachning kengaygan qismi. Jigʻildon oziqni toʻplash va saqlash, baʼzan uni qisman qimyoviy qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Hasharotlar Jigʻildon ida nektar asalga aylanadi. Qushlarda Jigʻildon oʻmrov suyagi oldida joylashgan, unda yirik bezlar boʻladi. Jigʻildon muskullarining peristaltik qisqarishi tufayli undagi oziq meʼdaga tushadi yoki bolasini oziqlantirish uchun ogʻziga qaytariladi, hazm boʻlmagan oziq qoldigʻi chiqarib tashlanadi. Kaptarlarda tuxum bosishning 8-kunidan boshlab Jigʻildon epiteliysi va Jigʻildon bezlari oʻzgarib, oqish suyuqlik (J. suti) ishlab chiqara boshlaydi. Bu suyuqlik bilan kaptarlar oʻz joʻjalarini boqadi. Choʻl qushlari (oqbovur, qorabovur) J. ida joʻjalari uchun suv olib keladi. Jigʻildon oziqni qiyinchilik b-n, lekin birdaniga koʻp topadigan yirtqich yoki nisbatan sekin hazm boʻladigan qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxoʻr qushlarda xam rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x