JID (Gibe) Andre Pol Giyom (1869.22.11 – Parij – 1951.19.2) – fransuz yozuvchisi. «Immoralist» (1902), «Tor darvoza» (1909), «Vatikan yertoʻlasi» (1914), «Qalbaki pul yasovchilar» (1925) kabi romanlari, «Andre Valterning daftari» (1891) sheʼrlar kitobi bor. «Botqoqlik» (1895), «Yomon holda mixlangan Prometey» (1899), «Pastoral simfoniya» (1919) satirik ruhsagi qissalari hamda «Shoh Kandavl» (1901), «Saul» (1903), «Edip» (1930) dramatik asarlari muallifi. Jidning kundaliklari, ocherklar kitobi va «Dostoyevskiy» (1923) nomli adabiy-ilmiy risolasi ham chop etilgan. Asarlarida gʻarb modernistlariga xos xususiyatlar — insonning ruhiy olamini, individual qiyofasini, shuningdek, yolgʻizlanish holatlarini tasvirlash yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1947).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые