JERIKO

JERIKO (Gericault) Teodor (1791.26.9, Ruan – 1824.26.1, Parij) — fransuz rassomi va grafigi; fransuz rassomlik sanʼatida romantizm asoschisi. K. Berne (1808—10) va P. Geren (1810 — 11)da taʼlim olgan, A. Grodan ilxomlangan. Jeriko fransuz sanʼatida ilk bor romantizmga xos boʻlgan dunyo qaramaqarshiliklarini oʻtkir his etishni ifodalagan, davrining muhim hodisa va kuchli tuygʻularini joʻshqin gavdalantirishga intilgan: «Hujumga borayotgan Imperator gvardiyasi yegerlari ofitseri» (1812), «Jang maydonini tark etayotgan yarador kirasir» (1814) va b. Italiya (1816—17), Buyuk Britaniya (1820—22) va b. da ijodiy safarlarda boʻlgan, Italiya klassitsizmi (ayniqsa, Mikelanjelo) taʼsirida Jeriko asarlarida umumlashma shakl va mahobatlilik, rasmining aniqligi ortdi («Rimda ozod otlarning chopishi», 1817), dolzarb mavzudagi «Meduza soli» (1818 — 19) asarida inson tuygʻularining murakkab uygʻunligi tasvirlangan; «20 yashar Delakrua portreti» (1819) va avtoportretlarida romantik rassom qiyofasini ifodalagan; maishiy lavhalar, manzaralar yaratgan. Jeriko ijodi 19-a. oʻrtalarida yashagan realist rassomlarga taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x