JENTELMEN (ing. gentleman — tag-taxtli odam, dvoryan) — 1) Buyuk Britaniyada va ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda kiborlarning axloq, qoidalariga qatʼiy rioya qiluvchi, mulozamatli odam;
2) ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda erkaklarning tavoze bilan muomalada boʻlishi;
3) koʻchma maʼnoda — xushmuomala, tarbiyali kishi.