JEMINAY

«JEMINAY» (Gemmi) — ikki oʻrinli kosmik kemalar nomi (AQSH). Yer atrofidagi orbitada uchirishga moʻljallangan. Ogʻirligi 3,2 t dan 3,8 t gacha. «Jeminay» germetik kapsula (qoʻnish apparati), kabina, asboblar boʻlmasi va tormozlash dvigatelidan iborat. Kapsulaning diametri 2,25 m, uz. 5,70 m. Kabina hajmi 2,33 m3. Orbitada boshqa apparatlarga yaqinlashish tizimi ham bor. Astronavtlarning 14 kun yashay olishiga moʻljallangan. Bortidagi apparatlar issiqlik elementlari vositasida energiya bilan taʼminlanadi. «Jeminay» faqat suvga qoʻndiriladi. «Jeminay»da oʻtkazilgan asosiy tadqiqotlardan biri shuki, dunyoda ikkinchi marta (kosmonavt A. A. Leonovdyan keyin) ochiq kosmosga chiqish masalasi tekshirib koʻrildi («J-4», E. Uayt). 1965-y. 23-martdan 1966-y. 11-noyabrgacha boʻlgan vaqt mobaynida 10 ta «Jeminay» uchirilgan, ularda 16 astronavt parvoz qilgan, ulardan 5 kishi (E. Uayt, Yu. Sernan, M. Kollinz, R. Gordon, E. Oldrin) parvoz paytida kemadan tashqariga chiqib, ochiq kosmosga chiqishga doir masalalarni tekshirib koʻrdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x