JAʼFAR as-SODIQ, Jaʼfar ibn Muhammad Abu Abdulloh (taxm. 700 — Madina — 765) — shialikdagi jaʼfariylik mazhabi asoschisi, shialarning 6-imomi. «Sodiq» laqabini toʻgʻri soʻz boʻlganligi uchun olgan. Jaʼfar as-sodiq S shajarasi ota tomondan hazrat Aliga, ona tomondan hazrat Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi. Jaʼfar As-Sodiq siyosiy faoliyatda mutlaqo qatnashmadi, imomlikka daʼvogarlik ham qilmadi. U hokimiyat uchun qurolli kurash olib borishning dushmani edi, oʻz qarindoshlarining chiqishlarini (739—740-y. larda Zayd ibn Alining Kufada, 762-y. Muhammad anNafs az-Zakiyning Xijozda) qoraladi. Lekin diniy fanlar (hadislar, tafsir, fiqx)ni oʻrganishda oilaviy anʼanani davom ettirdi va «moʻtadil» shialarning maʼnaviy rahbari boʻlib qoldi. U fiqx va ilohiyot masalalari muhokama qilinadigan majlislar tashkil etardi. Rasululloh avlodlari (axli bayt)ning eng koʻzga koʻringan olimlaridan biriga aylanadi.
Jaʼfar As-Sodiq din usullarini ishlab chiqqan, uning kimyoga oid bir necha risolalari boʻlgan.
Hoz. baʼzi musulmon ulamolari Jaʼfar As-Sodiq «arab ilmiy anʼanasining otasi» degan fikr bildiradilar.