JAZZOR POSHO, Jazzor, Ahmad posho (taxm. 1735—1804, apr., Akka) — Falastin va Suriyaning koʻpgina qismi hokimi (1775—1804). Bosniyalik. Oʻz faoliyatini Misrda mamluk sifatida boshlagan (1756); badaviylar qoʻzgʻolonini bostirishda koʻrsatgan shafqatsizligi uchun «qassob» (arab, «jazzor») laqabini olgan. 1775-y. da Sayda voliysi (hokimi) etib tayinlangan. 1790-y. da Damashq poshosi boʻlgan. Turk sultoni xrkimiyatini nomigagina tan olgan, butun Suriya va Falastinning amaldagi hokimi. Oʻzining armiyasi boʻlgan. Savdo va q. x. monopoliyasi tizimini joriy qilgan. Xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsiz bostirgan. Napoleon I Bonapart qoʻshinlari Akkani qamal qilishganda (1799-y. 21 mart — 20 may) J. p. qoʻshinlari unga bardosh berib, raqiblarini chekinishga majbur qilishgan. 18-a. dagi Misr tarixi boʻyicha muhim boʻlgan «Nizomnomayi Misr» («Misr tavsifi») muallifi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые