JAZONI OGʻIRLASHTIRUVCHI HOLATLAR — sodir etilgan jinoyatning va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini oshiruvchi hamda ogʻirroq jazo tayinlashga asos boʻladigan holatlar. Oʻzbekiston JK (56-modda)da Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlarning qatʼiy roʻyxati berilgan, sud jazo tayinlash vaqtida mazkur moddada koʻrsatilgan holatlardan boshqa holatlarni Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb hisoblashga hakli emas, lekin jinoyat xususiyatini eʼtiborga olib, shu holatlarni Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topmasligi ham mumkin. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar jinoyat tarkibiga kiruvchi belgi boʻlmay, jinoyat tarkibidan tashqaridagi holat hisoblanadi. Shu sababli bunday holatlar jinoyatni kvalifikatsiya qilishga taʼsir etmaydi, balki aybdor qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddada koʻzda tutilgan jazoning ogʻirroq turini yoki koʻproq qismini tayinlashga asos boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые