JAZOIRLAR, Jazoir arablari — xalq, JazoirXalq Demokratik Respublikasining asosiy aholisi. Umumiy soni 22,2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Jazoirda 21,2 mln. kishi, Fransiyada 820 ming kishi yashaydi. Arab tilida gaplashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar.