JAZIRA, Al-Jazira — Iroq, Suriya, Turkiyadagi plato, Mesopotamiya pasttekisligining shim. qismi. Shim. va sharqsan Tavr va Zagros togʻ tizmalari bilan chegaralangan, gʻarb va jan.-gʻarbda Suriya choʻli va Arabiston ya. o. platosiga tutashgan, jan.-sharqsa Mesopotamiyaning past jan. qismidan tik yon bagʻir bilan ajralgan. Balandligi shim.-gʻarbda 450 m, jan.sharqda 200 m. Tekislik Dajla va Furot daryolarining terrasalashgan vodiylari b-n kesilgan. Jazira boʻr va miotsen davrlarining qumtosh va ohaktoshlaridan, allyuviy va bazalt maydonlaridan tashkil topgan. Shim. da yirik neft konlari (Kirkuk va b.) topilgan. Iklimi issiq, quruq yoz va nam bahorli subtropik, oʻrta dengiz iklimi. Chala choʻl, choʻl va toʻqay oʻsimliklari oʻsadi. Voha dehqonchiligi b-n shugʻullaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые