JAZ (ing. jazz) — professional musiqa turi, zamonaviy ommabop, xususan estrada musiqasittt asosiy uslubiy manbalaridan biri. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Afrika va Yevropa musiqa madaniyatining elementlari bir-biriga qoʻshilishi natijasida Nyu-Orlean afroamerikaliklari ijodida yuzaga kelgan. Afrika xalklari folklorining belgilari — bir yoʻla turli usullarning yangrashi, deyarli har gal oʻzgarib turuvchi asosiy kuyning koʻp takrorlanishi, oʻziga xos nolalarga boyligi, hayajonli kuylash uslubi, muayyan yoʻnalishdagi ijroviy badihagoʻylik — J. ning tub xususiyatlariga aylangan.
Dastlab 7—8 sozandadan iborat ansambl qatnashchilari yaratgan va oʻzlari ijro etgan asarlar Jaz yoki «jazband» deb atalgan. Jaz asoschilari L. S. Armstrong, J. K. Oliver, J. Dode, E. K. Ori, J. R. Morton va b. ana shunday ansambllarning rahbari boʻlgan. Keyinchalik ularga taklidan diksilend guruhlari paydo boʻlib, Jaz sanʼatini Amerika va Yevropa mamlakatlarida targʻib etgan. 1930-y. largi «sving» (D. Ellington, U. K. Beysi), 40-y. lari «bibop» (Ch. Parker, D. D. Gillespi), keyinchalik «kul» (M. Deyvis) va b. uslublar yuzaga kelgan, yirik Jaz orkestrlar tashkil topgan. B. Gudmen (1962-y. Toshkentda oʻz orkestri b-n gastrolda boʻlgan), G. Miller va J. Koltreyn (AQSH), J. Dankvort (Angliya), M. Legran (Fransiya), K. Vlax va G. Brom (Chexoslovakiya), K. Edelxagen (Germaniya), K. Komeda (Polsha), A. Sfasman, L.
Utyosov, O. Lundstrem (Rossiya) mashhur Jaz orkestrlarining asoschilaridir. Oʻzbekistonda Jaz musiqasi 1940-y. larning 2-yarmida yuzaga kela boshlagan. Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Andijon kabi shaharlarning kinoteatr, madaniyat saroyi, shahar bogʻlarida D. Sokolov, A. Pozdnyakov, M. Azatyan va b. rahbarligida tashkil topgan musika ansambllari Jaz va estrada musiqasi namunalarini ijro etgan. 1958-y. da Oʻzbekiston estrada orkestri, 1963-y. da Oʻzteleradio qoshida Estradasimfonik orkestrlarning tarkib topishi Jaz rivoji uchun turtki boʻlgan. Bunda ayniqsa A. Kroll, A. Malaxov, Ye. Jivayev kabi dirijyorlarning qoʻshgan hissasi salmokli boʻlgan. «Namanganning olmasi» (Sh. Ramazonov), «Qiz bola» (E. Solihov) qoʻshiqlarining Jaz uslubida qayta ishlangan variantlari, A. Malaxovning oʻzbek ohang va usullaridan foydalnib yozilgan «Yulduz doirasi», «Qora koʻzlar» orkestr asarlari milliy Jaz musikasining ilk namunalaridandir. Jaz musikasi keyingi davrda ham taraqqiy etdi. 1968-y. da Toshkentda 1-J. musiqasi festivali boʻlib oʻtdi; 1977, 1978, 1984-y. lari Fargʻonada Jaz musiqasi xalqaro festivallari oʻtazilgan; mazkur shaharlarda Jaz klublari, Buxoro, Navoiy va b. shaharlarda Jaz guruxlari tashkil topgan. Bulardan E. Qalandarov, S. Gilyov («Inter»), L. Otabekov («Sato»), B. Smetanov («Raduga»), G. Kapriyelov («Osiyo») rahbarligidagi guruxlar xalqaro Jaz festivali va estrada tanlovlarida sovrinli urinlarga ega boʻldilar. Hozirda Jaz musiqasi ijrochilaridan «Oʻzbeknavo» qoshidagi B. Zokirov nomidagi estrada orkestri (Ye. Jivayev), Toshkent davlat konservatoriyasining big bendi (jaz orkestri) (B. Murtazayev), G. Bugdanov, A. Xabirxanov rahbarligidagi guruxlar faoliyat kursatmokda. Oʻzbekiston J. musikasi namunalari «Melodiya» firmasi tomonidan gramplastinkaga yozilgan: «Sharq syuitasi» (Toshkent Jaz klubi guruhi), «Efsane» («Sato» guruhi) va b.