JAYPUR

JAYPUR — Hindistonning shim.gʻarbidagi shahar, Aravali togʻlari etagida. Rojastqon shtatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 1,5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Jaypurga 1728-y. da asos solingan. 18-a. da ravnaq topgan rojput madaniyatining markazi boʻlgan. Shahar markazidagi qoʻrgʻonda 18-a. da qurilgan saroy kompleksi boʻlib, unda Chandra Mahal saroyi, badiy muzey, Jantar-Mantar rasadxonasi, Havo Mahal (Shamollar Saroyi; 1751—68) va b. meʼmoriy yodgorliklari saklangan. Shahar devoridan tashqarida, jan. da 19-a. oʻrtalari va 20-a. da Jaypurning yangi qismi qurilgan.

Jaypur —savdo markazi, transport yoʻllari tuguni. Ip gazlama, koʻn poyabzal, keramika, elektrotexnika, oziqovqat sanoati korxonalari, t. y. va avtomobil taʼmirlash ustaxonalari bor. Qoʻlda fil suyagi, marmar, metalldan badiiy buyumlar, zargarlik buyumlari tayyorlanadi, har xil gazlama toʻqiladi. Un-t bor. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x