JAYDARI ZOT

JAYDARI ZOT — biror mamlakat yoki oʻlkada qadimdan boqib kelinayotgan, shu joyning sharoitiga yaxshi moslashgan mahalliy mol zotlari. Maye, mahalliy zebusimon qoramol zoti Oʻzbekistonning issiq va quruq iklim sharoitiga yaxshi moslashgan, qon parazita kasalliklariga chidamli; mahalliy ozuqalarni yaxshi hazm qiladi. Oʻzbekistonda boqiladigan hisori, qorakoʻl, dagʻal junli dumbali qoʻy zotlari, krrabayir va laqay ot zotlari ham Jaydari zot boʻlib, xalq seleksionerlari tomonidan yaratilgan yoki tabiiy populyatsiyalardir. Jaydari zotlar, odatda, birorbir xoʻjalik belgilariga koʻra uncha mahsuldor boʻlmaydi (maye, Oʻzbekiston dumbali jaydari va hisori qoʻylari yaxshi goʻsht-yogʻ beradi, jun miqsori kam va sifati zamonaviy talablarga javob bermaydi; ularning junidan namatlar tayyorlanadi), lekin ularning toza nasllari qimmatli genofond hisoblanadi va seleksiya ishlarida foydalaniladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda jaydari qoramol sigirlarini qoʻngʻir va qora-ola zot buqalaridan chatishtirib mahalliy qoramolning yangi Oʻzbekiston qoʻngʻir va qora-ola xili yaratilmokda.

Suyendik Hojibekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x