JAVHARIY

JAVHARIY, Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Forobiy (940—1002 yoki 1008) — turkistonlik tilshunos olim. ForobpA dunyoga kelib, vatandoshi Toyisiy Ibrohim Forobiy va b. allomalardan tahsil olgan. Soʻng, Iroq, Jazira, Misrga borib, uzoq muddat arab tili grammatikasini oʻrgangan. Xurosonga qaytib, bir muddat Nishopurda yashagan. U 1002-y. ulkan qanotlar yasab, ularni qoʻllariga bogʻlaganda, uchmoq uchun tomdan sakrab vafot etgan. Javhariyning «Tojul-lugʻa va sahohu-l-arabiya» («Lugʻat toji va arabchaning haqiqiysi») asari tilshunoslik fanida Feruzobodiy (1329—1414)ning «Krmus»idan keyingi eng mukammal kitobdir. Bu asarga koʻplab sharxlar bitilgan. Asar fors, turk tillariga tarjima qilingan, Turkiyada nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x