JATLAR

JATLAR — milodning boshlarida Panjobning gʻarbiy tumanlarida yashagan qabilalarning yirik guruhi. Keyinchalik ular Shim. Hindistonga tarqalib ketib, panjobilarning etnik asosini tashkil qilganlar va sikhlar jamoasi tarkibiga kirganlar. Hindistonda Jatlarning koʻpchiligi Jatlar deb ataluvchi dehqonlar tabaqasiga aylangan. Dehli sultonligi va Boburiylar davlatida Jatlardan yollanma askar sifatida xam foydalanilgan. 17-a. oxirida Jatlar boburiylarga qarshi bir necha marta (1669, 1672, 1686—91) qoʻzgʻolon koʻtargan. Mac, 1669-y. Matxura viloyatida Gokla rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolon tarixda ayniqsa mashhur. Ularning shundan keyingi (18-a. dagi) qoʻzgʻolonlari natijasida mustaqil Jatlar sultonligi tuzildi. 1763-y. boburiylar armiyasi zarbasidan soʻng sultonlik parchalanib ketib, undan faqat kichik Bxaratpur knyazligini saqlab qolgan.

Hoz. Jatlar (10 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari) Hindiston respublikasi shim. da va Pokistonda yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x