Jasur Umirov — Vatan

Men aytmayman, qirlardagi loladan so`rang,
Onajonim boshida oq toladan so`rang.
Men aytmayman, qirlardagi loladan so`rang,
Onajonim boshida oq toladan so`rang.

Jon ichida jonday issiq yurtdir bu,
Dasturxonda nonday issiq yurtdir bu.
Men aytmayman, men kuylagan kuylar aytadi,
Obod yurtni obod qilgan to`ylar aytadi.

Men aytmayman, qirlardagi loladan so`rang,
Onajonim boshida oq toladan so`rang,
Ko`k dalada bo`y cho`zgan gullardan so`rang,
Bu o`lkada sokin esgan yellardan so`rang.

Kuy-u qo`shiq, yallalarga yarashgan yurt,
Beshiklarga, allalarga yarashgan yurt.
Kiyiklari buloqlarin o`pgan yurt,
Obod yurt, go`zal Vatanim.

Mehnat qilib, obro` topgan inson aytadi,
Bobom kiygan oppoq yaktak, chopon aytadi.

Men aytmayman, qirlardagi loladan so`rang,
Onajonim boshida oq toladan so`rang.
Ko`k dalada bo`y cho`zgan gullardan so`rang,
Bu o`lkada sokin esgan yellardan so`rang.

Men aytmayman, men kuylagan kuylar aytadi,
Obod yurtni obod qilgan to`ylar aytadi.

Men aytmayman, qirlardagi loladan so`rang,
Onajonim boshida oq toladan so`rang,
Ko`k dalada bo`y cho`zgan gullardan so`rang,
Bu o`lkada sokin esgan yellardan so`rang.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x