JASLIQ (Yoshlik) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1975-y. dan). Axolisi 4,1 ming kishi (2000), qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, tatar, turkman va b. millat vakillari yashaydi. T. y. stansiyasi. Jasliqda «Tuley» gaz kompressor st-yasi, lokomotiv deposi, t. y. ni taʼmirlash korxonasi mavjud. Jasliq orqali yoʻlovchilar tashuvchi xalqaro poyezdlar qatnaydi. Umumiy taʼlim maktabi, klub, madaniy sport majmuasi, kutubxona, kasalxona, dorixona, hammom, nonvoyxona bor. J. yonida qad. ipak yoʻli boʻyidagi «Belevli» karvonsaroyining qoldiqlari saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые