JARQOʻRGʻON MINORASI — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1108—09). Xuroson meʼmorlik maktabi anʼanalari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gʻishtdan qurilgan Jome masjid boʻlgan (saqlanmagan). Jarqoʻrgʻon minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirgʻadan iborat. 20 m balandlikda gʻishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor. Belbogʻ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N. N. Karazin rasmida masjid va minora xarobasi aks ettirilgan (1879-y.). Minoraning hozirgi bal. 21,6 m, asosi (diametri — 5,4 m)ning kitobasida meʼmor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V. A. Shishkin tomonidan oʻqilgan). Jarqoʻrgʻon minorasi taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые