JARQANOTLAR, qizilqanotlar (Tichodroma muraria) — chumchuqsimonlar turkumining bir turi. Jarqanotlar Oʻrta Yevropa hamda Osiyoning jan. dagi togʻlarda uchraydi. Oʻzbekiston togʻlarining oʻrmonsiz tik jarliklari va qoyalarida uzoq yashaydi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Qishda vodiylarga tushadi. Mayda xasharotlar, ularning lichinka va gʻumbaklari bilan oziqlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые