JANUBIY XITOY DENGIZI

JANUBIY XITOY DENGIZITinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Jan.-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan o. lari oraligʻida. Mayd. 3537 ming km2; hajmi 3622 ming km3. Chuqurligi jan.-gʻarbida 200 m, shim.-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuq. 1140 m. J. X. d. ga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va b. daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo (Tonkiy) va Siyom. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial iqlim. Qishda shim.-sharqiy, yozda jan. va jan.-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha t-rasi fevralda 20—28°, avg. da 28—29°. Shoʻrligi 32— 34°/00. Yogʻingarchilik yiliga 2000—2500 mm. Suv qalqishi 5,9 m gacha. Baliq va b. dengiz hayvonlari ovlanadi. Yirik portlari: Bangkok, Xoshimin, Syangan, Guanchjou, Shantou, Xayfon, Manila. J. X. d. dan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x