JANGOVAR TARTIB

JANGOVAR TARTIB — qoʻshinlarning jang qilish uchun joylanish tartibi. Boʻlinma, qism va qoʻshilmalar jangovar topshirini bajarish uchun taktik hamda texnik imkoniyatlar va qurollanish darajasiga qarab joylashtiriladi. Muayyan r-n (doira)da jangovar topshiriqni birgalikda ado etadigan qoʻshinlar kuch va vositalari, qoidaga binoan, birgalikda xarakat qiluvchi barcha boʻlinma, qism, qoʻshilmalarni oʻz ichiga oladigan yagona Jangovar tartibga uyushadi. Jangovar harakatning har bir turi oʻziga moc J. t. qoʻllashni talab etadi. Qoʻshinlarning Jangovar tartibi boʻlajak jang talablarini kuch va vositalarning holati hamda jangovar imkoniyatlarini, dushman qoʻshinlarining joylanishi va harakatini, joyning shartsharoitlarini hisobga olgan holda tuziladi.

Armiya maxsus harbiy tashkilot sifatida tarkib topmagan ibtidoiy jamoa tuzumida qabilalar orasidagi toʻqnashuvlarda odamlar toʻda-toʻda boʻlib, mehnat va ov quroli boʻlgan tosh, soʻyil va b. bilan jang qilardilar. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va sinfiy jamiyat paydo boʻlishi bilan urugʻning qurollangan hamma aʼzolari qatorida urugʻ zodagon (aslzoda)larining drujinalari ham vujudga kelib, keyinchalik ular doimiy armiyaning negizi boʻlib qoldi. Kurash qurollari ham birmuncha takomillashib, nayza, qilich, kamon va b. paydo boʻldi. Bu qurollardan samarali foydalanish uchun jangchilarni safga tizish zarurati tugʻildi. Shu yoʻsinda qoʻshinlarni jangovar safga tizishning dastlabki shakllari paydo boʻldi. Keyin tigʻli va oʻt otuvchi, 20-a. ning 40—50-y. laridan boshlab esa yadro qurollari yuzaga kela boshladi.

Qad. Sharq quldorlik davlatlari (Qad. Misr, Ossuriya, Eron, Qad. Xitoy, Hindiston va b.)ning qoʻshini piyoda askarlar, otliqdar hamda jang aravalari, tuya va fil mingan jangchi qismlarga boʻlingan. Ular nayza, oybolta, qilich, kamon va b. bilan qurollangan. Bu urush vositalarining dushmanga taʼsir etish darajasi jangchilarning jismoniy jixatdan baquvvatligiga va ularning miqporiga bogʻliq boʻlgan. Qoʻshinlarni safga tizish ham shunga qarab belgilangan. Maye, Misrning ogʻir qurollangan piyoda askarlari dastlab koʻp qatorli zich ustun tarzida saflantirilgan. Keyinchalik qurollarning takomillashuvi va jangovar tajribalarning ortishi, jang aravalarining paydo boʻlishi bilan ularning harakat tezligidan samarali foydalanish koʻzda tutilgan; jang aravalari birinchi qatorga joylashtirilgan.

Yunoniston, Qad. Rim va Karfagenning harbiy sanʼati Jangovar tartibning yanada takomillashgan shakllarini yaratdi. Yunonistonning quldorlik davlatlari Afina va Spartada (mil. av. 6—4a. lar) qoʻshinning asosiy turi ogʻir qurolli piyoda askarlar hisoblangan. Ular nayza va qilich bilan qurollangan hamda himoya sifatida sovut, dubulgʻa kiyib, qalqon tutishgan. Mil. av. 6-a. dan boshlab yunon qoʻshinlari falangalar (piyoda askarlarning jips saf tortib turgan bir necha qatori) va qanotlardan tashkil etilgan. Oldinda va oʻng-soʻl qanotlarda yengil qurollangan piyoda va otliq askarlar joylashtirilgan. Pekin falangalar epchil harakat qilish imkoniga ega boʻlmagani sababli faqat tekis joylardagina jang qilolgan. Shunday boʻlsada, u dushmanga dastlabki kuchli zarba berish qudratiga ega boʻlgan. Falangalarning bu imkoniyatidan yunon lashkarboshilari mohirona foydalangan. Maye, Levktra yonida boʻlgan jangda (mil. av. 371-y.) Epaminond yangicha Jangovar tartib qoʻlladi. U chap qanotga saralangan jangchilardan 50 qator joylashtirgan va bu b-n dushmanning kuchli oʻng qanotiga ogʻir zarba berish uchun qoʻshinlarni front boʻylab notekis taqsimlash taktik usuli maydonga keldi. Keyinchalik bu usul Iskandar Zulqarnayn armiyasida yanada takomillashdi (mil. av. 4-a.). Iskander Zulqarnayn qoʻshinlari Jangovar tartibi asosini ogʻir va oʻrta qurolli piyoda falangalar tashkil etgan. Qanotlarga esa otliq askarlar joylashtirilgan, ular falangalarning toʻgʻridan berajak zarbalari b-n birgalikda dushmanga asosiy zarba bergan. Oʻrta piyoda askarlar yorib kirish ehtimoli boʻlgan dushmanga qarshi orqaroqqa — ikkinchi chiziqqa joylashtirilgan. Zaxira qism saqlash gʻoyasi shu tariqa kelib chiqqan. Bunday Jangovar tartib mil. av. 331-y. da Gavgamela yonidagi jangda boʻlgan.

Oʻrta Osiyoda qoʻshinlar Jangovar tartib ining eng yaxshi shakllari Amir Temur armiyasida mavjud edi. Temur sharoitga qarab Jangovar tartib belgilagan. Dushman kuchlarining xususiyati va vaziyatiga qarab Jangovar tartibga tyzilishning maxsus 12 qoidasi qoʻllangan hamda bu qoidalarni har bir askar yaxshi bilishi talab qilingan. Amir Temur dushman kuchi qancha boʻlsa, unga qarshi shuncha kuch tashlagan. Maye, oʻn ikki ming otliq askardan iborat qoʻshin toʻqqiz boʻlukka, bu boʻluklarning har biri yana boʻluklarga boʻlinib, saf tortishgan. Gʻoʻl (markaz) — bir boʻluk, barangʻar (oʻng qanot) — bir boʻluk, juvangʻar (soʻl qanot) — uch boʻluk, hirovul (qoʻshinning ilgʻor qismi) — bir boʻluk, qorovul (ilgʻor soqchilar) — bir boʻluk. Har bir qanotning bir boʻlugi — hirovul, ikkinchi boʻlugi chopovul, uchinchi boʻlugi shoqovul (ehtiyot toʻda). Qoʻshinning soni koʻpayishi bilan bu Jangovar tartib ham shu asosda murakkablasha borgan.

Jangovar tartib shakllarining rivojlanishiga Gʻarbiy Yevropa va Rossiyaga porox va oʻtochar qurollarning tarqalishi (14-a.) katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-a. larda Rossiyada boʻlgan urushlarda Jangovar tartib, asosan, 3 qator 1-avangard polk, 2-katta polk (piyoda askarlar) 3-zaxira polkdan iborat boʻlgan. Piyoda askarlar 4—5 qatordan, ikki chiziq boʻlib saflanishardi. Keyinchalik 18-a. dagi rus sarkardalari — P. A. Rumyansev, A. V. Suvorovlar rus jangchilarining jangovar fazilatlarini oʻrganib, chiziqli Jangovar tartibni birmuncha takomillashtirdilar.

18-a. oxirlaridagi inqilobiy urushlar Jangovar tartib shakllarining taraqqiy etishida yangi bosqich boʻldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida (1775—83) olomon tarzidagi inqilobiy qoʻshinlar uchun jangchidan katta malaka talab qiladigan chiziqli Jangovar tartib moye kelmay qoldi va yoyilib jangovar safda turish tartibi vujudga keldi. Bu yoyilgan saf Buyuk Fransuz inqilobi (1789—94) va Napoleon urushlari (19-a. boshlari) davrida ustun tarzida uygʻunlashtirilib, birmuncha taraqqiy topdi.

Birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jahonning hamma armiyalarida Jangovar tartib shakllarining oʻzgarishi yangicha jangovar texnikaartilleriya, tank, avtomat qurollar va b. qirgʻin qurollarning qoʻllanishi va ularning bundan keyingi taraqqiyoti zaminida roʻy berdi. 1941—45 y. lar urushi davrida sobiq Ittifoq armiyasining Jangovar tartibi yanada rivojlandi. 1942-y. kuzida qoʻshilma, qism va boʻlinmalarda kuch va vositalarni haddan tashqari eshelonlashtirish bekor qilindi. Rota, batalyon, polk va diviziyalarning Jangovar tartibi 1 eshelonli qilib tuzildi, oʻqchi vzvod va boʻlinmalar esa zanjirsimon yoyildi. Bu — birinchi eshelonda piyoda askarlar oʻt ochish vositalarining koʻp boʻlishiga va talafotlarning kamayishiga imkon berdi. 1943-y. nemis-fashist armiyasining mudofaaga oʻtib, transheyali chuqur mudofaa doirasidan foydalanish qoʻshilma va qismlar Jangovar tartib ining yanada takomillashtirish zaruratini tugʻdirdi.

Urushdan keyingi davrda yadro qurollarining paydo boʻlishi, raketa, tovushdan tez uchadigan samolyot va h. k. qurollarning paydo boʻlishi, zirhli mashina, tanklar miqdorining ortishi, qurol-yarogʻlarning jangovar xususiyati oʻsganligi, aloqa vositalari, muhandislik texnikasi va b. ning rivojlanganligi qoʻshinlarning Jangovar tartib iga yangicha zamonaviy tuc berdi. Quruqlikdagi qoʻshinlardan farqli oʻlaroq aviatsiya J. t. i 3 oʻlchamda boʻladi: oraliq (distansiya), oʻrtadagi masofa (interval), balandlik. Mana shu oʻlchamlarga qarab, har xil turdagi aviatsiya qism va boʻlinmalarining Jangovar tartibi zich, yoyiq xamda tarqoq boʻlishi mumkin. Zich Jangovar tartibda — ekipajlar (boʻlinmalar) jangovar uchishni aniq masofa va oraliqda aviatsiya xavfcizligini saqlagan holda; yoyiq Jangovar tartibda — uzun oraliq va oʻrta masofada, koʻz bilan koʻra oladigan uzoqlikda; tarqoq Jangovar tartibda esa koʻz bilan ilgʻab boʻlmas uzoqlikda bajaradi.

Samolyotlar zvenosi (har zvenoda 3 ta samolyot boʻladi) yoki jufti jangovar topshiriqni bajarish vaqtida, odatda, zich yoki yoyiq Jangovar tartibda harakat qiladi. Eskadrilyalar — yoyiq va tarqoq Jangovar tartib b-n devorsimon, ustunsimon, ilon izi, pona, doyra, singari shakllarda harakat qiladigan samolyotlar zvenosi (jufti) sifatida jangovar topshiriqni ado etadi.

Harbiy dengiz floti kemalarining Jangovar tartibi, avvalo, kemalarning va ulardagi qurol-yarogʻning rivojlanishi bilan bogʻliq suratda oʻzgarib kelmoqda. Eshkakli kemalar yoki ikki kator tizilgan, yoki yon tomonlari olgʻa turtib chiqqan yarim doyra shakldagi Jangovar tartib lardan foydalanishgan. Jangovar yelkanli kemalar 17-a. da oʻzlari uchun Jangovar tartib sifatida kilvater («Qulfkalit») shaklini tanladilar. Bugʻ b-n yuradigan kemalar vujudga kelishi, keyinroq suv osti kemalarining yaratilishi bilan (19-a. oxiri) flotning Jangovar tartibi xam oʻzgardi. Bu sohadagi yanada katta oʻzgarishlar aloqaning texnik vositalari, ayniqsa, radio aloqaning paydo boʻlishi, dengiz aviatsiyasi va ularni olib yuradigan aviatashuvchilar maydonga kelishi bilan roʻy berdi. Hoz. zamon sharoitida Harbiy dengiz floti qoʻshilmalari zarbdor guruxlar tarkibida yoki alohida ilgʻor kemalar guruhi sifatida hamda yolgʻiz oʻzi jangovar harakatlar qiladi.

Ad.: Strokov A. A., Istoriya voyennogo iskusstva, t. 1—3, M., 1955—1967; Taktika, M„ 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x