JANGOVAR BUYRUQ — jangovar vazifani bajarish uchun qoʻmondon tomonidan qoʻshin (armiya, flot, qoʻshilma, qism, boʻlinma va h. k.)larga beriladigan buyruq. J. b. ogʻzaki yoki yozma tarzda boʻlib, unda dushman guruhi va uning harakatiga baho beriladi, qism (boʻlinma)larning jang paytidagi harakat tartibi va vazifalari, qoʻshin qismlarning vazifalari, itoatda boʻlgan qismlarning vazifalari va tayyorgarlik vaqti, boshqarish guruhining oʻrni va b. zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi. Jangovar buyruq qisqa, sodda va tushunarli boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые