“Jamolingdin koʻzum ravshan”

Husayn BOYQARO

 

* * *

 

Vahki, koʻnglum nolasi xar dam buzulgʻon jon aro.

Goʻyiyo bir choʻgʻz erur, faryod etar vayron aro.

 

Huqqai laʼling arosinda erurmu dur tishing,
Ul erur jolakim boʻlgʻay guli xandon aro.

 

Har kishi koʻrsa parilar ichra sen koʻz mardumin,
Bir parini jilva qilgʻon sogʻinur inson aro.

 

Oncha qon toʻkti koʻzum hajringda, ey qon toʻkkuchi,
Emdi koʻz ochsam koʻrarmen, olmedur qon aro.

 

Sel kelsa jola birla oʻxshaturmen angakim,
Koʻzlarimning oqi oqqan diydai giryon aro.

 

Istagach majruh koʻnglumdin oʻqini rashkdin

Topmasun deb yoshurubmen siynai biryon aro.

 

Ikki qoshingning xayoli muttasil koʻnglumdadur.
Bir dilovardekki, solmish ikki yo qurbon aro.

 

Hajr girdobida gʻarq oʻldum, kamandi vasl ila.
Chek menikim, qolmayin bu bahri bepoyon aro.

 

Keldi ishqimgʻa iloj etmakka bir kun bir rafiq,
Ey Husayniy, kuydi ushbu shuʼlai soʻzon aro.

 

 

* * *

 

Oʻtgʻa yondur sarvni, ul qaddi raʼno boʻlmasa,
Yelga bergil gulni, ul ruxsori zebo boʻlmasa.

 

Sarv birla gul tamoshosigʻa maylim yoʻqturur,
Bogʻ aro ul sarvi gulruhdin tamosho boʻlmasa.

 

Nega saflar chekti mujgondin, agar jon mulkiga
Koʻzlarining mayli har dam qatlu yagʻmo boʻlmasa.

 

Boʻlmagʻay erdi junun dashtida sargardonligʻim.
Zulfi pechu tobidin boshimda savdo boʻlmasa.

 

Gavhari maqsud topmoq mumkin ermas, ey rafiq,

Koʻz yoshing to vasl umidi birla daryo boʻlmasa.

 

Soqiyo, may tutki, hajr anduxidin boʻlmon xalos,

Xar dam ilgimda labolab jomi sahbo boʻlmasa.

 

Ey Husayniy, boda ichsam yor alidin teng durur

Boʻlsa obi Xizru umri jovidon yo boʻlmasa.

* * *

 

Ne ajoyib xoʻy erur, ey shoʻxi siyminbar sanga –
Kim, necha mehringga jon bersam, emas bovar sanga.

 

Yo sanga yoʻq rahm, yo paygʻomim ayturda sabo
Qilmadi zohir mening holimni, ey dilbar sanga.

 

Chunki devonangmen, olgʻum yoʻq etokingdin ilik,
Gar jafo yuz muncha boʻlsa, ey paripaykar, sanga.

 

Xoh javru zulm kil, xoh vafokim, har nafas
Volavu devonaroqdur joni gʻamparvar sanga.

 

Haddin oʻtkarma Husayniygʻa jafovu rahm qil,
Kim ulus shohidurur, lekin erur chokar sanga.

 

 

* * *

 

Furqatingdin yoʻq edi jismimda jon, jonimda tob,
Koʻzda xunob erdiyu gʻamgin koʻngulda pechu tob…

 

Ne dame dardu gʻamingdin bor edi oromu sabr,
Ne zamone dogʻi hajringdin bor erdi xoʻrdu xob.

 

Nogahon yetti savodi nomang ul jon mujdasi,
Ul sifatkim, safhai kofuriy uzra mushki nob.

 

Oʻqugʻach mazmunini jonsiz tanimgʻa berdi ruh,
Oʻylakim, Iso damidin oyati ummul-kitob.

 

Budur ummidi Husayniyningki, yetgay vasliga,
Haq nasib etgay ani, vallohu aʼlam, bissavob.

 

 

* * *

 

Telbarab itgan koʻngulni istadim har yon borib,
Koʻhu daryovu biyobonlarni bir-bir axtorib.

 

Toptim ersa oʻlturubtur yuz gʻamu anduh ila,
Yor zulfidin batarrak roʻzgʻorin toʻngtorib.

 

Vahki, soʻrgʻach holini tinmay toʻkub dedi sirishk,
Yetti gardundin figʻonu oʻtlugʻ ohin oʻtkorib.

 

Vomiqu Farhodu Majnun mehnatimgʻa toʻzmayin,
Kuydilar ohim oʻtidin har biri bir yon borib.

 

Men dagʻi toʻzmay aning istab vatan deb kuymakin,
Yuz tuman taklif ila kelturdim oni yolborib.

 

Kelturub chok aylabon koʻksumni soldim oʻrnigʻa,
Furqatu kuymak oʻtidin borisidin kutqorib.

 

Ey Husayniy, ul kelib tutgʻach visoli jurʼasin,
Tindurub koʻnglumni men ham ichtim oni sipqorib.

 

 

* * *

 

Bir musofir oy xayoli kildi koʻnglumni xarob,
Qolmadi jonimgʻa onsiz bir zamon toqat, ne tob.

 

Bir arojif soʻz eshitgach ul musofirdin bu kun,
Bordi koʻnglum oʻtruvu jonimgʻa tushti iztirob.

 

Vaslida koʻz goh yigʻlar, goh bokar ruxsorigʻa,
Goh yogʻib, goh turgʻondek bahor oʻlgʻach sahob.

 

Vasli ikbolida koʻp ozurdamen agʻyordin,

Vah, ne toleʼdurki, tortarmen behisht ichra azob.

 

Pardadek ul yuzga yuz surtarga xud yoʻqtur hadim,
Bas yuzum surtarga boʻlsa muyassar ul niqob.

 

Soqiyo, bir laʼlgun lab shavqidin oshuftamen,
Tut labolab jomi yoqutigʻa solib laʼli nob.

 

Ey Husayniy, yor har dam gʻoyib oʻlgʻach kech kelur,

Sahv emish ul nuktakim, el umr ishin derlar shitob.

 

 

* * *

 

Vahki, hijron barqidin tushti shabistonimgʻa oʻt,
Uchquni birla tutashti bayt ul-ahzonimgʻa oʻt.

 

Gʻoʻzgorimnimu ishq etti qaro yo boʻldi dud,
Hajr chun gʻam doʻzaxidin soldi vayronimgʻa oʻt.

 

Ishq oʻtining shuʼlasidin kuydi koʻnglum yo magar
Tushti soʻzon ohidin majnuni uryonimgʻa oʻt.

 

Olam ahli jonini kuydurdi yolgʻon ahd ila,
Muncha kim berdi ekin ul ahdi yolgʻonimgʻa oʻt.

 

Boda tobidin magar laʼling boʻlubtur otashin,
Yo magar may lamʼasi soldi mening jonimgʻa oʻt.

 

Dedim: “Oʻqing tegsa dardim togʻigʻa oʻt chokilur”,
Dedi: “Suv oʻrnigʻa bermish charx paykonimgʻa oʻt”.

 

Gar Husayniy ohidin oʻt tushsa har yon, ayb emas,
Ishq mundoq hamrah etti ohu afgʻonimgʻa oʻt.

 

 

* * *

 

Toʻkub qonim, tarahhum qilmading hech,
Koʻrub holim, tabassum qilmading hech.

 

Tabassum qilmayin jonimni olding,
Olib jonim, tarahhum qilmading hech.

 

Jahon ahli kuyub ohimdin, ey yor,
Bu ohimdin tavahhum qilmading hech.

 

Firoqida, koʻngul, koʻp chekting afgʻon,
Visolida tarannum qilmading hech.

 

Husayniy, hajrida afgʻondin oʻzga
Koʻrub mehnat, tanaʼum qilmading hech.

 

* * *

 

Toza boʻldi bogʻu koʻnglumda firoq ozoridur,
Jilva qildi gul, netay, bagʻrimda hijron xoridur.

 

Sarvu guldin har dam afzun boʻlsa dardim, ne ajab
Dardligʻ koʻnglum chu ul hamdard yorim soridur.

 

Vah, netay gulnor yangligʻ lolalar nazzorasin,
Menki, bir gulruh uchun bagʻrimda hijron xoridur.

 

Nosiho, gul gashtidin koʻnglum ilojin qilmakim,
Xasta koʻnglumga tikilgan xor hijron koridur.

 

Charx degandur ayiray gulruhungdin gul chogʻi,
Ey Husayniy, bu firoq u vaʼdaning buljoridur.

 

 

* * *

 

Shukrlillahkim, jamolingdin koʻzum ravshandurur,
Xasta koʻnglumga visoling gulbuni maskandurur.

 

Oʻtlugʻ ohimdinki, hajring ichra chektim shuʼlalar,
Shamʼi iqbolim bu kun ul shuʼladin ravshandurur.

 

Durfishon koʻzum jamoling javharining aksidin
Gar burun darji guxar erdi, bu kun maxzandurur.

 

Ne uchun guldek ochilmay bazmi ishrat ichrakim,
Majlisim shamʼi bu kun ul sarvi siymintandurur.

 

Aysh ila ishrat gulin ochting yana ishq ilgidin,
Ey Husayniy, sanga yuz tahsinu ming ahsandurur.

 

 

* * *

 

Furqatindin xasta koʻnglum qatra-qarta qon erur,
Olloh-olloh, bu ne hajri behadu poyon erur.

 

Har sari yuz zahm erur jismimda, vah, nosih tili
Hajr oʻqidin har jarohat ichra bir paykon erur.

 

Koʻz qilur bu vajhdin tunlar dur ashkin nisor –
Kim, xayoling jon uyida har kecha mehmon erur.

 

Hanjari javringdurur oʻtlugʻ koʻngul osoyishi,
Suv nechukkim, tashna lablar dardigʻa darmon erur.

 

Ey Husayniy, hajr aro bexudlugʻum ayb etmagay,
Har kishikim, bir pari ishqida sargardon erur.

 

 

* * *

 

Gʻunchayi xandon borib, koʻnglumda qoldi xor-xor,
Tinmagʻur jonimgʻa onsiz dunyada bori ne bor.

 

Sarvqadlar, lolaruhlardin ochilmas bu koʻngul,
Vah, netaykim, dahr bogʻi ichra yoʻq ul guluzor.

 

Vasli jomidin ochilur erdi koʻnglum bogʻ-bogʻ,

Voy, yuz ming voykim, ul may borib, qolmish xumor.

 

Qaydakim koʻrsang ani, kulmak bila xursand eding,
Aksin ayla, ey koʻngul, har yerda yigʻla zor-zor.

 

Vasl aro har dam sanga jonim fido aylay dedim,
Nevchun, ey oromijonim, aylading mendin kanor.

 

Bor dema, jon, sen gʻanimat tut Muzaffar vaslini,
Kim, oʻtubtur dunyada mundoq balolar beshumor.

 

Ey Husayniy, yorsiz sen naylagung olam aro,
Koʻp adam sarmanzili azmin qilib keynicha bor.

 

 

* * *

 

Ishqni manʼ etsalar, shavqim oʻti aylar sitez,
Shuʼla yangligʻkim, nafas taʼsiri aylar oni tez.

 

Ishq doim zaʼflik jismimni istar oʻrtagay,
Olloh-olloh, necha qilgʻay barq xas birla sitez.

 

Juzv-juzvim hajr aro bir-birdin ayrilmoq tilar,
Kosh qilsang hajr tigʻidin tanimni rez-rez.

 

Tiyradur ul turra goʻyokim falak parvezani,
Xatting uzra boʻldi hijronim tunidin mushkbez.

 

Qomating sarvi bu olamda qiyomat basdurur,
Jilva birla pas yana har lahza solma rustaxez.

 

Yordin ayru tiriklik istamasmen, soqiyo,

Hajr zahridin mening jonimgʻa boʻlgʻil jurʼarez.

 

Ey Husaynny, ravza ishq ahligʻa dilbar koʻyidur,
Topsalar zuhd ahli jannat, sen aning koʻyida kez.

 

 

* * *

 

Koʻz qarosin hal kilib yozdim sanga ajzu niyoz,
Koʻz yoshimni ham sepib ul nomagʻa, ey sarvinoz.

 

Ishq yetgach aqlu hushu sabr har yon butrashur,
Oʻt qayon yuzlansa vojibdur ul elga ihtiroz.

 

Oshkoro jon agar laʼling soʻzin aytur, valek
Yoshurun gʻunchang bila koʻnglumni bordur oʻzga roz.

 

Ul ne qomatdurki, barcha rostlar aylab duo,
Derki, bu gulshan aro ul sarv boʻlsun sarfaroz.

 

Shavqu sabrim naqdini aylay ani koʻrgach fido,
Demasa ayb aylab ul mahvash bularni koʻpu oz.

 

Chun haqiqa0t nuri ul oraz tajallisindadur,
Ne haqiqat ulki, oning ishqini oʻynar majoz.

 

Ey Husayniy, yor koʻyi Kaʼbasi Navroʻz erur,
Ne ajab gar benavolar aylar ohangi Xijoz.

 

 

* * *

 

Ul quyosh koʻyida men devonani band aylangiz,
Bori bu tazvir ila koʻnglumni xursand aylangiz.

 

Koʻyida men telbani yuz javr birla oʻlturub,
Ul suubatlarni yuz devonagʻa pand aylangiz.

 

Istay-istay topsangiz koʻnglumni kim buzmish meni,
Vasl tigʻi birla siz parkand-parkand aylangiz.

 

Xasta koʻnglum zaʼfi haddin oʻtsa quvvat kasbigʻa,
Doʻstlar, ul yuzu lab yodini gulqand aylangiz.

 

Koʻnglokin chok etsa ul mast, eyki aylarsiz rufu,
Rishtai jonimni har torigʻa payvand aylangiz.

 

Koʻngluma ilmu adab taʼlimi koʻp bermak ila
Vomiqu Farhodu Majnundek xiradmand aylangiz.

 

Gar Husayniy desangiz shoʻroba toʻkkay talx-talx,
Xoʻblar, gohi anga boqib shakarxand aylangiz.

 

 

* * *

 

Yorab, ul gul ichra gʻuncha nega guftor aylamas,
Yo bilib bilmasga solib sirrim izhor aylamas.

 

Tosh ila foʻlodgʻa ohim oʻtidur kor gar,

Ne qatiqdur ul koʻngulkim, hech anga kor aylamas.

 

Ul jafokash bilgay ahvolim qatiq saʼb erkanin –
Kim, boʻlub kechlar gʻami ishqin padidor aylamas.

 

Ishqi manʼida kilur nosih tili koʻnglumni resh,
Yoʻqsa bu gʻam gʻunchasin tong yeli afgor aylamas.

 

Toʻbiyi jannat magar yuz noz ila kilsa xirom,
Sarvinozim ollida ul azmi raftor aylamas.

 

Oy yuzung taqlidigʻa naqqoshi chin har dam chekar
Yuz raqam, lekin birin yuzdin namudor aylamas.

 

Insu jingʻa garmi yoʻq nolamdin uyqu, vah ne sud
Kim, dame noz uyqusidin oni bedor aylamas.

 

Senki tortib tigʻ el boʻgʻzin chekarlar har taraf,
Barchasi taʼjil uchundur kimsa zinhor aylamas.

 

Gar Husayniy ishqini iqror tortar ahli zuhd,
Ahl emaslar yoʻqsa bu ishdin inkor aylamas.

 

 

* * *

 

Ishq sirrin oshiq oʻlgʻon mubtalolardin biling,
Vasl komin topmay oʻlgan benavolardin biling.

 

Ishqu xajru dard qasdim qildilar gar holima,
Voqif ermassiz, bu yuzlangan balolardin biling.

 

Ganda har oʻq zaxmidin bagʻrimda aylang bir boshoq
Ul boshoqlarning hisobin bu yarolardin biling.

 

Ishq aro anduhu xasratsiz netar koʻnglumga zaʼf,
Quvvatin ul notavonnnng bu gʻizolardin biling.

 

Eyki bilmaysiz jununum, chun soʻrarsiz xolatim,
Oni sharh aylarda nomafhum adolardin biling.

 

Bilmaganlar ishq bedodini Majnun holigʻa,

Bir jafo men tortqan turluk balolardin biling.

 

Roʻzgorimning qaro boʻlgʻanligʻn kayfiyatin,
Eyki bilmaysiz, koʻzu qoshi qarolardin biling.

 

Jomi jamlik shohlarning hashmatin mayxonada
Dard uchun singʻan safol eltur gadolardin biling.

 

Gar Husayniy holatin ishq ichra bilmaysiz, ani
Rindligʻ koʻyiga tushgan porsolardin biling.

 

 

* * *

 

Tushgali hajringda, ey sarvi gulandomim mening,
Ne koʻzumda uyku bor, ne jonda oromim mening.

 

Yetkururmen shomgʻa hajring kunini yuz ranj ila,
Tongga, vah, bilmonki ne yangligʻ yetar shomim mening.

 

Xar qachon maygun labing hijronida cheksam qadah,
Ikki koʻz xunobidindur lab-balab jomim mening.

 

Soʻzi ishqimning sabodin, vah, ne navʼ irsol etay
Kim, samum ulur sabo yetkursa paygʻomim mening.

 

Degasen, ey noma eltur payk, zoru xastadur,
Gar Husayniy holidin soʻrsa diloromim mening.

 

 

* * *

 

Zulf ochib men telbani oshufta ahvol aylading,
Chini abroʻ koʻrguzub koʻnglumni behol aylading.

 

Oʻpkali keldi koʻngul zulfung uchun, ey sarvinoz,
Sarfaroz aylar mahalda oni pomol aylading.

 

Jon qushin sayd aylamakka laʼling uzra, ey quyosh,
Donai mehr ekting ammo otini xol aylading.

 

Har kachon dedim vafo qil, aylading yuz ming hiyal,
Emdikim, dedim jafo qil, oni filhol aylading.

 

Qatl etay deb kelmading boshimgʻa, ey sarvi ravoi,
Oʻzgalar qatliga boʻldung, muni ihmol aylading.

 

Tigʻi katl urdung koʻngulga, shukr erur, lekin manga –
Kim vafosizlar gʻamidin forigʻulbol aylading.

 

Gar Husayniy hajr aro dedi:“Figʻon, aylay figʻon!”
Shukrkim, vasling bila ul dam tilin lol aylading.

 

 

* * *

 

Vah, ne ishdur, kimnikim men mehribon qildim xayol.
Oʻzgalardin ul meni koʻprak kilur ozurdahol.

 

Kimnikim, andin malolat dafʼini men koʻzladim,
Andin oʻq boʻldi boqib turgʻuncha, vah, xotir malol.

 

Onikim, men qilmadim ozurda boʻlgʻoch soʻz chogʻi,
Qildi ul ozurda soʻz birla meni topgʻach majol.

 

Kimnikim men istadim boʻlgʻay Masihodek fasih
Istar ulki men dam urmay boʻlgʻamen olida lol.

 

Necha men vasl istasam ul vasl aro hijron tilar,
Ul tilar hijron necha hijron oʻtub topsam visol.

 

Ey Husayniy, turfa holatdur muni kimdin soʻray,
Kel yana bir katla ham ul yordin aylay savol.

 

 

* * *

 

Hajring oʻti jismu zorim kildi kul, ey yor, bil,

Gar bino qilsang mazorim tarxin ul kul birla qil.

 

Qatl etib ovora koʻnglumni buzugʻ jismim aro,

Vah, bilib bilmasga sol, ey jon, kelib nazzora qil.

 

Ul qadu yuz hajridin oʻlsam, bezab gulbarg ila,
Tufrogʻimning boshi uzra sarv egib, mil aylagil.

 

Aylagaylar saʼb dardim sharhidin izhori ajz,
Boʻlsa har zahmim ogʻiz paykoning ul ogʻizda til.

 

Gar yuzung boʻlsa mudavvar, sunbulung asru uzun,
Hech ermastur ajab, nevchunkim ul oydur, bu yil.

 

Ey sabo, yetsang musofir oyima zinhorkim,
Hajr zindonida onsiz tiyra holimni degil.

 

Ishq jomidin boʻlubsen, ey Husayniy, asru mast,
Husndin gar bahra topmok istasang bir dam oyil.

 

 

* * *

 

Chun junun zanjirigʻa boʻldum giriftor, ey koʻngul,
Boʻlgʻasen farsuda jonimdin xabardor, ey koʻngul.

 

Qochsam ul zanjir ila ovoraligʻ sahrosigʻa,
Qilma holimni xirad ahligʻa izhor, ey koʻngul.

 

Qoʻyki davronning jafooyin eli bedodidin,
Boʻlmayin hargiz alar ichra padidor, ey koʻngul.

 

Anda ham qoʻymay topib devonadur deb bogʻlabon,
Sudrab eltur boʻlsalar xalqi sitamkor, ey koʻngul.

 

Qilsalar gʻavgʻo ulus jonimgʻa bedod etgali,
Mendan ul dam lahzaye ayrilma zinhor, ey koʻngul.

 

Shoyad ul yangligʻ tamosho sori mahvashlar bila,
Kelgay ul shamshodkad, mohiruxsor, ey koʻngul.

 

Koʻrgach oni gar Husayniy yangligʻ etsang tarki hush,
Hasratida qilgʻasen jonimni iysor, ey koʻngul.

 

 

* * *

 

Qani bir mahvash anga soʻzu gudozimni desam,
Qani bir mushfiqki, bir dam anga rozimni desam.

 

Anglagʻaylarkim haqiqat sirridin xoli emas,
El aro kayfiyati ishqi majozimni desam.

 

Yetti charx avroki toʻlgay yetti bahr oʻlsa midod,
Bir zamonligʻ hajr aro soʻzu gudozimni desam.

 

Dahr aro oshub koʻp tushgay, salomat qolgʻay oz,
Dardu sabrim sharhi ichra koʻpu ozimni desam.

 

Vah, netaykim, nozu istigʻnosin aylar birga yuz,
Har nechakim, nuktai ajzu niyozimni desam.

 

Koʻzki tardomandur, oni ne deyin arzir agar,
Koʻngul otlik soda rindi pokbozimni desam.

 

Doʻzax oʻlsun maskanim gar toʻbiyi jannat soʻzi,
Oʻtsa oning oʻtrusida sarvinozimni desam.

 

Kuymagan parvona mendek, kolmagʻay hijron tuni,
Bazm aro gar lamʼai shamʼi tirozimni desam.

 

Ey Husayniy, el salomat kuyidin boʻlgʻay jalo,
Gar Navoiy yangligʻ ohangi Hijozimni desam.

 

 

* * *

 

Qilgʻan ermish ul pari tarki muhabbat, bilmadim,
Tushgan ermish jovidon koʻnglumga furqat, bilmadim.

 

Men anga jonni fido qilmoqtavu ul jonima
Hajr oʻti yoqmish, koʻyargʻa dogʻi hasrat bilmadim.

 

Oshiq oʻlgʻanda umidim bor edi noʻshi nishot,
Anda bor erkanni muncha nishu mehnat bilmadim.

 

Shuʼlai shavqin yoruttum, vahki, mahzun jonima
Har bir uchqun boʻlmogʻin bir barqi ofat bilmadim.

 

Vasl umidi birla ishq oson koʻrundi, voykim,
Anda har dam bor ekanni muncha shiddat bilmadim.

 

Mubtalo boʻlgʻanda ul kofirgʻa qildim tarki jon,
Bir yoʻli barbod oʻlurni dinu millat bilmadim.

 

Ey Husayniy, ishqni qildim nihon, qilmon gumon,
Muncha rasvolik bila tutmoqni shuhrat bilmadim.

 

 

* * *

 

Men hilol oʻldum gʻamingdin, sen quyoshsen, ey sanam,
Yoʻq ajab gar mendin oʻlsa kamligu sendin karam.

 

Bogʻ aro xoshok yeldin har taraf mayl aylasa,
Soyasini aylamas boshidin oning sarv kam.

 

Chun gʻamu faryodu afgʻoni erur gul shavqidin,
Har nihol uzra agar bulbul navo tortar ne gʻam.

 

Har qayon sayr etsa parvona shabiston sahnida,

Bor bu ravshankim, chekar shamʼ oʻti koʻnglidin alam.

 

Koʻzu zulfung birla ogʻzing sirrin eltur jon aro,
Gar Husayniy dardi ishqing yoʻlida boʻlsa adam.

 

 

* * *

 

Otashin xilʼat dema jismim uza, ey dilbarim –
Kim, erur ishqing oʻti birla tutashkon paykarim.

 

Yo erur siymobi deb qilma gumonkim, ishq oʻti
Oʻrtadi majruh jismimni erur xokistarim.

 

Dema axgardek libosing uzra bor siymobi tun,
Kuldurur siymobisiyu otashindur axgarim.

 

Ziynat uchun dema bor jismingda gunogun libos,
Ishq oʻrtab sarbasar qilmish bu zebu zevarim.

 

Uchkay erdim har zamon az baski tengmish novaking,
Boʻlmasa erdi agar paykonlaringdin langarim.

 

Koʻyida xishtiki bir kun koʻymisham bosh ostina,
Aylangiz zinhor chun oʻlsam lahadda bistarim.

 

Ey Husayniy, boʻlmisham zuhdi riyoyidin xalos,
Boʻlgʻali mugʻ koʻyi sori dayr piri rahbarim.

 

 

* * *

 

Tigʻ ila koʻnglumni kilding zahm, ey siyminbadan,
Koni turmaydur deb ul zahm uzra kuydurding tugan.

 

Yuz tikandek igna birla, voykim, zahm aylading,
Hajr aro zaxming ayogʻigʻa kiribtur deb tikan.

 

Hayf deb qaygʻurmagʻil, jono, ne asigʻ emdikim,

Dardi hajringdin adam sarmanzilin kildim vatan.

 

Eyki, yopding koʻngluma sabru salomat pardasin,
Pardai sabr ermas ermish ulki bor ermish kafan.

 

Jongʻa yor oʻt yoksa marham yokkanicha shod boʻl,

Ey Husayniy, ishq aro bu navʼ erur vajhi hasan.

 

 

* * *

 

Oh, agar koʻrsam yana ul mohi tobonimni men,
Bergamen shukronai vasli uchun jonimni men.

 

Ey musulmonlar, koʻyungkim, sarf qildim yoʻlida,
Zulfidin zunnor bogʻlab, dinu imonimni men.

 

Eshikingda kechalar koʻp yigʻlamogʻdin oqibat,
Oshkoro ayladim bu sirri pinhonimni men.

 

Dedi oxir bor murodimkim, seni oʻlturgamen,

Gar sening roying budur, qildim bihil konimni men.

 

Necha dersenkim, Husayniy kolmadi joning sening,
Ey nasihatgoʻ, netay bu yorsiz jonimni men.

 

 

* * *

 

Gar kelib vayron qabrimni ziyorat qilgʻasen,
Rahm etib, ey qotilim, oni imorat qilgʻasen.

 

Qatl aro taslim erur, ey hajr, olingda ajal,
Necha olib jonim izhori mahorat qilgʻasen.

 

Chun koʻngulda koʻymading oromu sabru aqlu din,
Emdi, ey zolim, bu kishvarda ne gʻorat qilgʻasen.

Ohim olida sovuq-solqinsen, ey doʻzax oʻti,
Har dam ar yuz qatla izhori harorat qilgʻasen.

 

Ul oy istigʻnosidin aflok erur past, ey koʻngul,
Hojat ermasturki, sen arzi haqorat qilgʻasen.

 

Necha yil qatligʻa maʼmur aylabon ul gʻamzani,
Yoshurun, lekin mening sori ishorat qilgʻasen.

 

Ey Husayniy, ishqidin kechkumki, muhlikdur deding,
Yaxshiroq gar emdi tagʻyir iborat qilgʻasen.

 

 

* * *

 

Zulfi ichra xat, xat ichra laʼli xandondur nihon,
Zulmat ichra Hizr ham, ham obi hayvondur nihon.

 

Sehr birla fitnadin xoli emas koʻnglum dame,
Anda chun bir koʻzi sohir, xoli fattondur nihon.

 

Koʻnglum ichrakim, nihondur demangiz, ey doʻstlar –
Kim, nihon boʻlgan koʻngulda koʻnglum olgʻondur nihon.

 

Gʻuncha ogʻzi naqshimu koʻnglumdadur yo tan aro
Koʻp hadangidinmu paykon ichra paykondur nihon.

 

Boʻlsa koʻnglumda safovu nur ermastur ajab,
Anda u yuz shavqidin xurshidi raxshondur nihon.

 

Ishq soʻzin zor jismimda nechuk pinhon qilay,
Barq oʻti xoshok aro boʻlmoq ne imkondur nihon.

 

Ey Husayniy, kuymaguncha ishq aro yetmas visol,
Tanni kuydur oshkoro, jonni ham yondur nihon.

 

 

* * *

 

Hech musulmongʻa, nigoro, dogʻi hijron boʻlmasun –
Kim, visolingdin judo boʻlsa anga jon boʻlmasun.

Koʻz uchidin novaki javrung bila oʻltur meni,
Domani poking, begim, nogah yana kon boʻlmasun.

 

Xasta koʻnglum bandi zulfungdin parishondur basi.
Jamʼ kilgʻil sunbulungnikim, parishon boʻlmasun.

 

Jongʻa yettim dilbari nodon elidin, oh, oh,
Xech kishining dunyada mahbubi nodon boʻlmasun.

 

Jon berurda kelib oʻltur, bir dame koʻray seni –
Kim, Husayniy koʻnglida, ey doʻst, armon boʻlmasun.

 

 

* * *

 

Koʻnglum olur gʻunchai serobi guftori bila,
Jonim oʻrtar otashin laʼli shakarbori bila.

 

Dahr bozorida gʻavgʻo soldi Yusuf husnikim,
Jilvagar boʻldi sening husnung namudori bila.

 

Tigʻi zaxmindin erur xursand koʻnglum, ey rafiq
Yeqsa marham, koʻy oʻlay ul zahm ozori bila.

 

Mahvmen andoq ul oy husnigʻakim, yoʻqtur ishim,
Ishqining ixfosiyu dardimning izhori bila.

 

Yolgʻuz ul oy hajrida sargashta ermas, menki bor,
Charx ham bu ishga bois davri parkori bila.

 

Eyki, dersen topmadim matlubni koʻp istabon,
Bilki ul istarda hamrahdur talabkori bila.

 

Itlariga toʻma boʻlgʻay deb Husayniy qoʻydi yuz
Ul sanam koʻyiga uryon jismi afgori bila.

 

 

* * *

 

Xattining tori tushubtur laʼli makgun ustina,
Oʻylakim jon rishtasi bir qatrai xun ustina.

 

Tishlari ustida har kim laʼlini koʻrgach dedi:
“Bargi guldurkim, tushubtur durri maknun ustina”.

 

Xolining har dam xayoli telba koʻnglumda erur;
Zogʻlar andoqki gʻavgʻo kildi Majnun ustina.

 

Aytgay sarv uzra gul payvand qilmish bogʻbon,
Kimki koʻrsa orazing ul qaddi mavzun ustina.

 

Yangi oy oning samandi naʼlidin keldi nishon,
Ul quyosh raxshin magar sekretti gardun ustina.

 

Maygʻa xirkam rahnu men maxmur, netti mayfurush,
Yona bir paymona ham bersang bu marhun ustina.

 

Seli ashk ichra Husayniy chun koʻrunmas, istamang –
Kim, koʻrungay tushsa bir xoshok Jayhun ustina.

 

 

* * *

 

Xajr shomi oy chikib, men yigʻlar erdim dard ila,
Sayrlar qildim seni istab mahi shabgard ila.

 

Oy uyoqqach yona koʻnglumni buzub yolgʻuzlugʻum,
Tiyra shomim anduhidin yigʻladim koʻp dard ila.

 

Charx ham anjum sirishkin holima koʻp sochti, lek
Boʻlmadi yigʻlarda teng men zori gʻamparvard ila.

 

Motamimgʻa charx koʻk aylab libosin, tun qaro,
Subh ham aylab yaqosin chok ohi sard ila.

 

Shomi xijrondin kutulgʻuncha isittim mehrdek,
Ashk selin oqizib, titrab uzori zard ila.

 

Dahr boʻstoniga koʻp qoʻyma koʻngul, ey andalib

Kim anga boʻyi vafo yoʻq yuz tuman, ming vard ila.

 

Ey Husayniy, uyqu bexudluk, yemak gʻamdur menga,
To ne toʻlgʻay oqibat xolim bu xobu xoʻrd ila.

 

 

* * *

 

Nuktai xolnng ajab yoʻq laʼli xandon ustina,
Kim boʻlur bir qatra doim obi hayvon ustina.

 

Hajrin oʻqi to tikilmish koʻngluma, ey koshi yo,
Laʼlgun ashkimga oʻxshar xori mujgon ustina.

 

Novakingga boqki, dogʻi hasratimdindur nishon.
Javharikim, koʻrunur poʻlodi paykon ustina.

 

Ey sabo, qonlik koʻzumga koʻyidin yetkur gʻubor,
Rasm erur tufroq toʻkmak doimo qon ustina.

 

Ishq tigʻidin buzugʻ koʻnglumda erdi choklar,
Vahki, boʻldi bir sari bu dogʻi hijron ustina.

 

Laʼli serobing gʻamidin notavon jismim erur
Misli xoshokeki, tushgay obi hayvon ustina.

 

Ey Husayniy, yor kelsa naqdi jon aylay nisor,
El sochiq sochkan kibi dilxoh mehmon ustina.

 

 

* * *

 

Xatti jonafzo chiqarmish laʼli xandon ustina,
Xizrdekkim, soya solgʻay obi hayvon ustina.

 

Oʻyladurkim, zahm uza har yon chibin qilgʻay hujum,
Zogʻlar koʻnsa bu qonlik jismi uryon ustina.

 

Koʻz yoshim selidin oʻlmas zaʼfligʻ jismim, ayon,
Qayda bir xas zohir oʻlgʻay bahri ummon ustina.

 

Kulbam ichra oʻrtanurmen tushgay olimgʻa kuyub,
Qaysi bir qushkim, dame koʻnsa bu vayron ustina.

 

Boshing uzra gulmu sonchibdursen, ey raʼno nihol,
Yoʻqsa payvand aylading sarvi xiromon ustina.

 

Hajr oʻti bedodidin bilgilkim, ohim dudidur,
Har bulutkim, soya solgʻay ahli davron ustina.

 

Itlariga gar fido boʻldi soʻngakdek paykarim,
Ey Husayniy, hayrat etma, soʻz borur jon ustina.

 

 

* * *

 

Ey koʻngul, gardun baliyat toshini yogʻdurdilo,
Xar taraf sabrim uyi devorini sindurdilo.

 

Qilmadi ham tark chun devorigʻa berdi shikast,
Seli gʻam saqfin qaro tufroqqa ham indurdilo.

 

Aylar erdim ishqning rasvolarigʻa sarzanish,
Boʻlgʻali rasvo soʻzum lof erkani bilgurdilo.

 

Yetsa har gʻam, ilmu aql avroki erdi munisim,
Har varaqni bir sari ohim yeli sovurdilo.

 

Mazraʼi zuhd ichrakim jamʼ erdi sabrim xirmani,
Sekrib ul xirmangʻa bir barki bal kuydurdilo.

 

Ofiyat kunjida doim boshim erdi sajdada,
Ishq oxir muncha shiddat boshima kelturdilo.

 

Ey Husayniy, el eshitmas erdi tasbihim unin,
Ishq afgʻonimni gardun tokidin oshurdilo.

 

 

* * *

 

Ishq aro Majnunni dermenki, oʻzimga oʻxshatay,
Hushini zoyil kilib devonaligʻni oʻrgatay.

 

Subhu vaslu shomi xijrondek necha olam elin
Bul ajab holimgʻa gohi kulduray, gah yigʻlatay.

 

Jon berurmen hajrida, zaʼfimdin el koʻrmas meni,
Ishq aro har necha dermenkim, oʻzumni koʻrsatay.

 

Uns tutmishmen kiyiklar birlakim, ul shahsuvor
Ovgʻa kelganda anga bu navʼ oʻzumni uchratay.

 

Chun koʻz ochmas uykudin baxtim ne sud, ey doʻstlar,
Gar figʻondin har kecha olam elini uygʻatay.

 

Koʻksuma tosh urmogʻimni ayb qilma, ey rafiq,
Qoʻyki, anda qolgʻigʻan paykonlarini oʻrnatay.

 

Chun Husayniy koʻngli har dam bir taraf ovoradur,
Soʻz desang turkim javobida koʻngulni toʻxtatay.

 

 

* * *

 

Ey jafo tigʻi, kelib majruh koʻksumni yoru,
Qoʻl yalang aylab solib har yon ichimni axtaru.

 

Axtarurda topmasang ul koʻnglumki, majnunshevadur.
Har nechuk boʻlsa adam sahrosi sori boshqaru.

 

Boshqarurda bormasa koʻnglum adam sahrosigʻa,
Toʻsh-toʻshidin sanchibon ul sori oni qaytaru.

 

Qaytarurda voqif ulkim, yana qaynab kelmasun,
Tengri uchun notavon jonimni andin qutqaru.

 

Qutqarurda notavon jonimni ul bebokdin,
Yuz jafo aylab ani keltur qoshimdin oʻtkaru.

 

Istabon kelsa yana koʻksum shigofin topmagʻay,
Vahki, bir marham koʻyub ul choki koʻksum butkaru.

 

Aylasang miskin Husayniy jonini ondin xalos,
Dardi bu boʻlgʻay duoda sen dagʻi doim boru.

 

 

* * *

 

Ey sanga, majnunsifat, har goʻshaye devonaye,
Orazingning mehriga shamʼi falak parvonaye.

 

Mehnati Yaʼkub erur dardimdin, ey jon, shammaye,
Boʻldi Yusuf kissasi davringda bir afsonaye.

 

Jonu koʻnglum boʻldi vayron ishq oʻti birla, ne gʻam,
Chun manga boʻldi balo koʻyida mehnatxonaye.

 

Oshiqi bechoragʻa chun vasl umidi yoʻqturur,
Emdidin soʻngra firoqu goʻshaye vayronaye.

 

Yor, yurokimni chiqor, bu bevafo jonni ravon,
Joni man oxir uyingda, ne tilar begonaye.

 

Ey Husayniy, jurʼaye vasli mayidin ichmoyin,
Bexud oʻldung, voy, garkim bersalar paymonaye.

 

 

* * *

 

Mushkboʻ xattinmu dey yo laʼli durborinmu dey,
Koʻzi imoninmu dey yo zulfi zunnorinmu dey?

 

Kavsari laʼlinmu aytay, yoʻqsa xattidin aning,
Tegrasida sabzai jannat namudorinmu dey?

 

Sabzavu guldek xati birla yuzinmu sharh etay,
Sabzavu guldin bezalgan bogʻi ruxsorinmu dey?

 

Rishtai jon birla hayvon suyidin soʻrding xabar,
Belining torinmu aytay, laʼli guftorinmu dey?

 

Eyki, dersen ishqida vasf ayla koʻnglung holini.
Har taraf zaxminmu dey yo nolai zorinmu dey?

 

Dahr bogʻi gullarida garchi yoʻq boʻyi vafo,
Har birining tegrasida yuz jafo xorinmu dey?

 

Ey Husayniy, demagilkim, yor ishqin sharh etay,
Vaslining rashkinmu dey, xajrining ozorinmu dey?

 

 

* * *

 

Ey ajal, osuda qil hijron balosidin meni,
Bir yoʻli qutqar ulusning mojarosidin meni.

 

Zaʼfim oshti hajr bogʻida sirishku ohdin,
Qutqar, ey vasl, ul chaman obu havosidin meni.

 

Ey ajal, qoʻrqutma oʻlturgum debon, oʻlturgasen,
Gar tirik topsang firoqining jafosidin meni.

 

Ishqu rashku hajr muxlik, vah, anga jonim fido –
Kim, chikargʻay bu balolarning arosidin meni.

 

Har necha oʻtkarsa haddin muddai bedodu zulm,
Oʻtkara olmas visoling muddaosidin meni.

 

Derki, sabr etgil, hakimi aql, qilgʻil, soqiyo,
Bir qadah birla xalos oning davosidin meni.

 

Ey Husayniy, saltanatdin oncha faxrim yoʻqturur –
Kim, degaylar koʻyining xayli gadosidin meni.

 

 

* * *

 

Bas emas erdi manga ham oʻz oʻtum, ham yor oʻti –
Kim, anga afzun dagʻi boʻlmish yana bir zor oʻti.

 

Oʻz oʻtum koʻnglumga ofat, yor oʻti jongʻa balo,
Boisi anduhu dard ul bedili bemor oʻti.

 

Bu balo barki, ul ofat doʻzaxi, koʻr, turfakim,
Tez etar bu ikkini bir xotiri afgor oʻti.

 

Buyla uch oʻt bir koʻngulga tushsa kuymay naylagay,
Oʻylakim, bulbul oʻtiyu gul oʻtiyu xor oʻti.

 

Jonu koʻnglum birla bagʻrim kuydi bu uch oʻt bila,
Yaxshi boqsam yuz tamugʻcha har birining bor oʻti.

 

Oʻz oʻtum yo yor oʻtigʻa garchi taskin bersa ashk.
Vah, ani naylayki, qilgʻay yuz chakin izhor oʻti.

 

Gar Husayniygʻa bir oʻtluk yuz gʻami oʻt solmasa,
Pas nechuk olamni kuydurdi Navoiyvor oʻti.

 

 

* * *

 

Qilmagʻay erdim yuzin koʻrmak tamanno koshki,
Solmagʻay erdim koʻngul mulkiga gʻavgʻo koshki.

 

Vasl aro tushti koʻngul mulkida gʻavgʻo, ey rafiq,
Qilgʻay erdi xajr oʻti koʻnglumni yagʻmo koshki.

 

Tengri uchun telba koʻnglumni iturgil, ey sipehr –
Kim, emas xosil bu bexosildin illo koshki.

 

Ishq aro rasvo boʻlubmen, bu taassufdin ne sud,
Yo darigʻedur har ishning zimnida yo koshki.

 

Ul quyoshning naqdi vasli garchi rohatdur, vale,
Qilmagay erdi koʻngul oni tamanno koshki.

 

Menki ul oy ishqini kildim tamanno, ey koʻngul,
Qilgʻay erdim zuhd ichinda diyda biyno koshki.

 

Chun Husayniy davlati tavfiq sandin istadi,
Ushbu ishda solma koʻngliga, xudoyo, koshki.

 

 

* * *

 

Ey habibingdin kelib hamdinggʻa lo ihso sano,
Ul chu ojiz boʻlsa vasfingkim kila olgʻay yano.

 

Komu rohatdur sening shavqingdagʻi anduhu gʻam,
Ayshu ishratdur sening ishqingdagʻi dardu ano.

 

Ganj topsa munʼim oʻlmas kimni sen kilsang faqir
Ganj bersa muflis oʻlmas kimga sen bersang gʻino.

 

Koʻnglum et maʼmur mehring birla, lekin qoʻymagʻil
Nafs anda qilgʻali hirsu havas tarxin bino.

 

Xasta koʻnglumni oʻzingdin oʻzgadin begona qil,
Oʻzgadin begona qilgʻach, qil oʻzingga oshino.

 

Zulmati xijroning ichra yoʻl ozib sargashtamen,
Oʻz-oʻzing sori hidoyat shamʼi birla ehdino.

 

Lutf etib ushshoq aro, yorab, navo qilgʻil nasib,
To Husayniyning maqomi boʻlsa bu dori fano.

 

 

* * *

 

Oʻylakim, gul ichra gʻunchang har necha maʼlum emas,
Gʻunchai ogʻzing nechakim soʻz desa mafxum emas.

 

Ul quyoshning partavin koʻyida koʻrsam yoʻq ajab,
Hech kim jannatda toʻbi nuridin maxrum emas.

 

Ishq zulmidin agar Farhodu Majnun oʻldilar,
Menda har damdur oʻlum, mendek alar mazlum emas.

 

Shoh hukmi birla koʻnglum ishq tarkin tutmagʻay,
Shoh erur hokim, vale bu kimsaga mahkum emas.

 

Ishqu may jurmigʻa dayr ichra meni yozgʻurmangiz,
Negakim, masjidda dagʻi hech kim maʼsum emas.

 

Ne balodur ishqkim, koʻrdum aning avrokida,
Dard ila mehnatdin oʻzga nuktaye markum emas.

 

Gar Husayniyning visoling davlatidin, ey sanam,
Yaʼsi koʻp mavjud esa umidi ham maʼdum emas.

 

 

* * *

 

Zaʼfdin oʻrgamchi domigʻa yiqilgʻach chirmanib,
Ul chibindek toʻrladi har yon tanimni aylanib.

 

Laylivu Shirinu Uzro bordilar, vah, ne ajab,
Boʻlmogʻim vola sangakim, sen qolibsen saylanib.

 

Vomiqu Farhodu Majnun ishq oʻtigʻa toʻzmayin,
Bordilar, men qoldim alardin oʻtumgʻa churkanib.

 

Churkanib qolgʻach oʻtumgʻa, maxfiy istab gʻayrdin,
Oʻlturubmen turfa ish, koʻrkim, kulumni burkanib.

 

Hajrida jonimgʻa bedod aylasay ayb etmangiz –
Kim, qatiq hol ermish ayrilmoq birovga oʻrganib.

 

Vah ne toleʼdurki, gʻam shomi tushimga kirsa yor,
Bovar etmay uyqudin sekrib koʻparman seskannb.

 

Yor koʻyidin oʻtarda boshima yogʻsa balo,

Anda aylarman mavaqquf har jihatdin kuymanib.

 

Ranji xijron zaʼfidin tebranmagim imkon emas.
Oncha quvvat qaydakim, koʻyungga borsam surganib.

 

Ey Husayniy, juz fano ohangi maʼlum oʻlmadi,
Koʻyidakim navha qilding zaʼf vaqti ingranib.

 

 

* * *

 

Men oʻlar holatdamen, ey yor koʻyi itlari.
Aylamang gʻavgʻo mening sirrimni ifsho qilmangiz.

 

Oʻt tushubtur dasht uza ohimdin, ey ahli tarab,
Lolazor aylab tasavvur azmi sahro qilmangiz.

 

Sirrin elga oshkor aylar kishiga ishq aro
Zinhor oʻz sirringizni oshkoro qilmangiz.

 

Bir nafas jonon bila topmish Husayniy xilvate,
Boring, ey jonu koʻngul, bir dam alolo qilmangiz.

 

 

* * *

 

Oʻylakim, xurshed tobi zarrani paydo qilur,
Gʻuncha ogʻzing sirrini ham gul yuzung goʻyo qilur.

 

Zeb etar koʻk sabzasi birla quyosh ruxsorini,
Kotibi qudratki, xatting nusxasin insho kilur.

 

Bor ekin oshiqqa mehnat oʻqlarin yogʻdurgʻali,
Ulki mujgoning qilib novak, qoshingni yo qilur.

 

Istadi jonu koʻngul nakdini, vah, sud aylaram,
Gar labidin boʻsaye ul naqd ila savdo qilur.

 

Hajr zulmin koʻrki, sabr aylay desam aylar halok,
Aylasam besabrlik olam aro rasvo qilur.

 

Mening ahvolim koʻrub ibrat oling, ey ahli ishq,
Kimki bir badmehr ishqida oʻzin shaydo qilur.

 

Ey Husayniy, chun ul oʻtluk chehradin olsam nazar,
Koʻzlarimga dardi hijron kochidin oʻt chokilur.

 

 

* * *

 

Qolgʻach ohim sarsarigʻa bayt ul-ahzonim mening,
Yogʻdurur gardu balo boshimgʻa vayronim mening.

 

Ishq sahrosi aro har sori qonligʻ loladur,
Anda bagʻrim dogʻidin oqmish magar qonim mening.

 

Etgali koʻnglum parishon menki koldim bilmayin,
Qay taraf borganni Majnuni parishonim mening.

 

Buki laʼling tirgizur elni takallum aylabon.
Men bilurmen ushbu muxliq gʻamniyu jonim mening.

 

Novakin chekti koʻnguldin turfa, koʻrkim, axtarur,
Choklar aylabki qolmish anda paykonim mening.

 

Oshkoro oʻtlarimgʻa chora qilsang, ey tabib,

Oni naylarsenkim, oʻrtar dogʻi pinhonim mening.

 

Ey Husayniy, nola qilsam oʻlturur kofir koʻzi,
Goʻyiyo qoʻymas ani uyqugʻa afgʻonim mening.

 

 

* * *

 

Ey koʻngul, ul bevafo koʻyida maskan aylagil,
Zor yigʻlab sharh etib holimni shevan aylagil.

 

Necha boʻlgʻaymen firoqingdin xarob, ey ganji husn,
Bir zamon vayrona kulbamni muzayyan aylagil.

 

Soʻrmagʻilkim, gul ochilgʻanmu ekin boʻston aro,
Burkab ol yuzungdinu olamni gulshan aylagil.

 

Zulf zunnorini sudrab, jilvasoz oʻl, ey sanam,
Yuz tuman obidni har sori barahman aylagil.

 

Ey Husayniy, necha yoshurgʻaysen ul oy mehrini,
Oqibat chun zohir etkung emdi ravshan aylagil.

 

 

* * *

 

Bu soz fanida qildi sehri komil,
Bu fangʻa sozi bordur asru shomil.

 

Biz ush choʻldin kelibbiz ochib, orib,
Bizningdek boʻlmagʻay olamda soyil.

 

Kel emdi, sokiyi gulchehra mahvash,
Qoʻlungni boʻynuma qilgʻil hamoyil.

 

Bizing parhezimizni bildi xoʻblar,
Aning uchun biza boʻlmadi moyil.

 

Hirining xoʻblarigʻa boʻldi ramze,
Husayniy soʻzlaridin boʻlma gʻofil.

 

“Asrlar nidosi” (Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, Toshkent – 1982) kitobidan

https://saviya.uz/ijod/nazm/jamolingdin-kozum-ravshan/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x