JAMIYAT OROLLARI — Tinch okeanning Polineziya o. lari guruhida. Fransiya mulki. Jamiyat orollari — Shamolli va Shamolsiz orollar guruhidan iborat. Mayd. 1,6 ming km2. Maʼmuriy markazi Papeete (Taiti o. da). Orollarning koʻpi vulqon orollar boʻlib, marjon riflari bilan oʻralgan. Bal. 2241 m gacha. Eng katta oroli — Taiti. Iqlimi tropik iqlim. Oʻrtacha t-ra martda 26°, avg. da 20°. Yillik yogʻin 1500—2500 mm. Kokos palmasi, sandal, vanil daraxtlari, banan, shakarqamish, paxta, ananas va b. oʻstiriladi. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые