JAM (arab. — majmua) — oʻtmish Sharq musiqa ilmida jinslar majmuasidan hosil boʻladigan murakkab lad (parda) tuzilmalarining umumiy nomi. Jam larning muayyan turlari maqom, shoʻba, vvoza, murakkabotlar deb yuritiladi. Jamlar jinslar tarkibi va oʻrniga koʻra turli xillarga ajratiladi. Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Safiuddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abduqodir Marogʻiy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Darvishali Changiyning musiqiy risolalarida Jam larning tarkibiy va badiiy xususiyatlari xaqida maʼlumot berilgan. Jamlar Oʻn ikki maqom tizimini oʻrganishda hamda Shashmaqom lad asoslarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Jamlar orasida hozir oʻzbek va tojik musiqasining asosi hisoblangan Shashmaqom shoʻbalaridagi lad tuzilmalariga moye keladiganlari ham mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые