JALLOD (arab. — darra uruvchi) — 1) tan jazosi va qatlni ijro qiluvchi shaxe. Jallod atamasi Oʻrta Osiyoda arablar kelgandan soʻng paydo boʻlgan. Jallod hukmdorlarning gunohkor kishilarni darra bilan urish, boʻgʻib, boʻgʻizlab, boshini tanasidan judo qilib oʻldirish kabi farmonlarini bajargan;
2) Koʻchma maʼnoda — kallakesar, qotil.