JAKERIYA

JAKERIYA (Jacquerie, «Jacques Bonhomme» soʻzidan — «Jak Goʻl» — dvoryanlar tomonidan dehqonlarga berilgan kamsituvchi laqab) — Fransiyada 1358-y. mulkdorlarga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni. J. Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida vujudga kelgan iqtisodiy tanglik, yollangan askarlarning talon-toroji va yangi soliqlar solinishi tufayli kelib chiqqan. Qoʻzgʻolon 28-mayda Bovezi viloyatidan boshlandi. Jakeriya ishtirokchilari, asosan, dehqonlardan iborat boʻlib, aholining boshqa tabaqalari ham qatnashgan. Qoʻzgʻolonchilarga Gilyom Kal boshchilik qilgan. Navarra qiroli Karl 10-iyunda Jakeriya rahbarlarini muzokaraga chaqiradi. Muzokara paytida G. Kal xiyonatkorona qoʻlga olinib, qattiq qiynoqlardan soʻng boshi tanasidan judo qilinadi. Karl qoʻshinlari toʻsatdan qoʻzgʻolonchi dehqonlarga hujum qilib ularni tor-mor keltiradi. 20 mingdan ziyod dehqonlar qirib tashlangan. Rahbarsiz, uyushmagan va aniq rejasi boʻlmagan Jakeriya yengiladi. U dehqonlarni shaxsiy qaramlikdan ozod boʻlishlariga imkon yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x