JAKARTA

JAKARTA — Indoneziyaning poytaxti. Yava o. ning shim.-gʻarbiy sohilida, Chilivung daryosining Yava dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik oʻrtacha t-ra 27°. Yiliga 1800 mm yogʻin yogʻadi; havoning namligi 80%. Aholisi 9,5 mln. kishi (1996). 16-a. boshida hozirgi Jakarta oʻrnida Tajajdaran knyazligining Sundakelapa port shahri boʻlgan. 1527-y. da uni Bantam knyazligi egallagan va shahar Jayakerta (ulkan qalʼa) deb atalgan. 17-a. da gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olib vayron qilgan. 1619-y. da gollandlar shahar oʻrnida Bataviya qalʼasini qurganlar. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelib, 1945-y. gacha general gubernator karorgohi va mustamlaka markazi boʻlgan. 1945-y. 17 avg. dan mustaqil Indoneziya davlatining poytaxti. Gollandiya agressiyasi vaqtida (1946—49) poytaxt vaqtincha Jokyakartaga koʻchirildi; 1949-y. dan Bataviya yana J. deb atala boshladi.

Jakarta — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat (choy, kofeni qayta ishlash, sholi oklash, un tortish, yogʻ, baliq konservalash va b.), kauchukka ishlov berish, rezina va koʻn poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, mexanika ustaxonalari, kema verfi, avtomobil yiguv z-di va b. bor. Hunarmandchilik kadimdan rivojlangan.

Jakarta — xalqaro dengiz va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro Kemayoran aeroporti bor. Jakarta porti (Tanjungpriok avanporti) orqali chetga kauchuk, choy, kofe, xinin, shakarqand va b. chiqariladi; chetdan koʻproq sanoat uskunalari keltiriladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Penang darvozasi (1671), cherkov (1695), shahar boshqarmasi binosi (1710—12), 17 — 18-a. larda qurilgan binolar, kanal va koʻpriklar va b. saklangan. Zamonaviy binolardan sport majmuasi (1956—62), markaziy gospital (1962—63), Prezident saroyi (19—20-a. lar), Mustaqillik monumenta (1964) Jakartaning yangi qurilgan qismida joylashgan. Jakartada davlat un-ti, bir necha xususiy un-tlar, Milliy texnika in-ti, Fanlar in-ti, Madaniyat inti, kutubxonalar, muzeylar, Kartinalar galereyasi, teatrlar va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x