JAHONOBOD MASJIDI

JAHONOBOD MASJIDIFargʻona viloyati Rishton tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1912). Mahalliy boy Madalibobo buyurtmasi bilan Isaboy Hoji oʻgʻli rahbarligida qurilgan. Masjid tarhi 15,2×15,6 m, ikki ustunli xona va uning oldida (sharq tomonga tutash) qurilgan ayvondan iborat. Xonaqoh va ayvon ichki devorlari ganch bilan suvalgan. Mexrob va tokchalari bor. Ayvon devoridagi namoyonlar manzarali naqsh gullar, shift esa girih, hovuzak, muqarnas bilan bezatilgan. Jahonobod masjidini qoʻqonlik naqqoshlar usta Boybobo va uning oʻgʻli Gʻani bezagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x