JAHON HAMJAMIYATI

JAHON HAMJAMIYATI — jahonda mavjud davlatlarning hozirda insoniyat oldida turgan global muammolarni hamkorlikda hal qilishda, umoʻmiy maqsad yoʻlida faoliyat koʻrsatishda birligini anglatuvchi tushuncha. J. h. barcha davlatlarning suveren tengligi xalqaro hoʻquqiy tamoyiliga asoslangan. Jahon hamjamiyati xalqaro hoʻqoʻqda tashkilot hisoblanmaydi. Jahon hamjamiyatini aks ettiruvchi universal tashkilot — Birlashgan Millatlar Tashkilotidir. Oʻzbekiston 1992-y. 2-martdan BMTning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida belgilanishicha, «Oʻzbekiston Respoʻblikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir». Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini Jahon hamjamiyatining bir qismi, deb biladi, u insoniyat oldida turgan muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x