JAHON ChERKOVLARI KENGASHI

JAHON ChERKOVLARI KENGASHI — ekumen (xristianlik konfessiyalarini birlashtirish tarafdori boʻlgan) harakatning rahbar organi. Uch protestant harakati («Eʼtiqod va tartib», «Hayot va faoliyat», Xalqaro missionerlik kengashi)ning qoʻshilishi yoʻli b-n 1948-y. da Amsterdamda Jahon cherkovlari kengashining 1-assambleyasida tuzilgan. Maqsadi cherkovlar oʻrtasida diniy eʼtiqod sohasida mavjud boʻlgan tafovutlarni qiyosan oʻrganib chiqish va amaliy faoliyat sohasida ularni birlashtirish yoʻli bilan yagona xristian uyushmasini vujudga keltirish boʻlgan. Jahon cherkovlari kengashiga 100 ga yaqin mamlakatning 300 dan ortiq cherkovi kiradi. Qarorgohi — Jeneva sh. da.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x