IZOPROPIL SPIRT

IZOPROPIL SPIRT, propanol-2, izopropanol, (SN3) 2 SNON — ikkilamchi propil spirt. Rangsiz suyuqlik, mol. m. 60,09. Suyuklanish t-rasi — 89,5°, qaynash t-rasi 82,4°. Zichligi 785,5 kg/ m3. Suv va organik erituvchilar bilan turli nisbatda aralashadi; suv bilan azeotrop aralashma (kaynash t-rasi 80,2°; 87,7% I. s.) I. s. yogʻ qatori bir atomli ikkilamchi spirtlarning (oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi, ON — guruhini galogen va b. bilan almashtirish mumkin) barcha xossalarini namoyon qiladi. Degidrogenlanganda atsetonga aylanadi. Sulfat kislota ishtirokida aromatik birikmalar bilan kondensatlanib Izopropil spirt hosilalarini, mas, izopro-pilbenzol, izopropiltoluol beradi.

Sanoatda propilenni gidratatsiyaga uch-ratish yoʻli bilan olinadi. Gidratatsiya 70—75% li H2SO4 ishtirokida 70— 80° t-ra va 1,0—2,8 MPa bosim ostida oʻtkaziladi. Xom ashyo sifatida neftni kreking va piroliz jarayonida hosil boʻladigan, tarkibida 30—90% propilendan iborat propanpropilen fraksiyasi ishlatiladi; ammo xom ashyo sifatida sof propilen ham qoʻllaniladi, Chunki bunda ushbu jarayonni past bosim ostida oʻtkazish mumkin. Jara-yonning birinchi bosqichida Izopropil spirt s, izopropil sulfat (CH3)2CHOSO,OH, H2SO4 va suvdan tashkil topgan muvozanat holatdagi aralashma (sulfat kislotali ekstrakt) hosil boʻlib, ikkinchi bosqichda u suv b-n birga qizdiriladi va hosil boʻlgan Izopropil spirt haydaladi. Izopropil spirt parafinlarni qavo taʼsirida oksidlab va b. usullar bilan ham olinadi. Izopropil spirt atseton, efirlar va b. organik mahsulotlar i. ch. da, lok-boʻyoq, atirupa, farmatsevtika sanoatida erituvchi moylar, tabiiy smolalar, latekslar, antifrizlar uchun ekstragent sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x