IZOMERLANISH, izomerizatsiya — organik birikmalarning mo-lekulasi ichidagi oʻzgarish. Bunda molekulalarning tuzilishi oʻzgaradi-yu tarkibi va mol. m. oʻzgarmaydi. Izomerlanish reaksiyalari qaytar reaksiyalardir: izomer shakllar oʻrtasidagi muvozanat t-ra, bosim va sh. k. ga bogʻliq. Tautomeriya I. ning juzʼiy bir koʻrinishidir. Neftni qayta ishlash sanoatida motor yonilgʻilarining sifati Izomerlanish yoʻli bilan yaxshilanadi, aromatik boʻlmagan xom ashyodan kimyo sanoati uchun muhim aromatik uglevodorodlar — toluol va sh. k. olinadi. Tabiatdagi kimyoviy jarayonlarda Izomerlanish muhim ahamiyatga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые