IZOHORIK JARAYON — sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izohora bilan ifodalanadi.
Qatgiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlarsa hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izohorik jarayon deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni Izohorik jarayon deb karash mumkin. Izohorik jarayon issiklik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.
Izohorik jarayon j . da hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutil i shi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va t-raning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi Izohorik jarayon Sharl konunit boʻysunadi (q. Izohora), real gazlardagi Izohorik jarayon Sharl qonuniga boʻysunmaydi.