IZMAIL

IZMAIL — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dunay daryosi tarmogʻining chap sohilida. Qora dengizdan 80 km. Dengiz kemalari kira oladigan port. T. y. stansiyasi. Aholisi 95,1 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). 12-a. da Izmail oʻrnida genuyaliklar qalʼasi boʻlgan. Keyinchalik u Moldova knyazligiga qaragan. 16-a. da turklarga tobe edi. 1569-y. Turkiya sultoni Izmailga nugʻoylarni joylashtirgan. 1770—1918-y. larda shahar vaqt-vaqti bilan Turkiya va Rossiyaga karagan. Izmailni 1918-y. Ruminiya egalladi, 2-jahon urushi davrida Izmailni nemis-rumin qushinlari bosib oldi. 1944-y. 26 avg. da ozod kilingan.

Izmailda oziq-ovqat sanoati (sabzavot konserva, goʻsht k-tlari, baliq, sut, uzum vinosi z-dlari) rivojlangan. Sellyuloza-karton k-ti, kema tuzatish, kema tuzatish-mexanika z-dlari, ped. in-ti, suratlar galereyasi, A. V. Suvorov muzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x