IZMA

IZMA (arab. — kesik) — yostiq jildi, koʻylak, shim va b. kiyim-kechaklarning tugma kadaladigan teshigi. Izma oʻrni ochilgach, atrofi qoʻlda yoki tikuv mashinasida yoʻrmab qoʻyiladi. Tikili-shiga koʻra, Izmaning koʻzchali (magʻiz shaklida oʻyilib, teshik atrofi agʻdarma va tepchik chok bilan yoʻrmalanadi), magʻizli (teshik chetiga magʻiz chiqarib, oʻngidan bostirma chok bilan tikib chiqiladi), ichki (kiyimlarning astar tomonidan tikiladi; mas, tik yoqali kamzul, palto va shimlarning old tomoniga qilinadigan Izmalar), bogʻichli (bogich bilan tikiladi; mas, palto, kamzullarga ich tarafdan tugma sigʻadigan bogʻich chatib quyiladi) va b. xillari bor. Tugmalar Izma urniga ilgak yordamida ham qadalishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x