IYEROGLIFLAR (yun. hieros — muqad-das va qluphe — oʻyiq) — bir soʻz, boʻgʻin yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda. Ierogliflarning eng qad. si Misr yozuvi belgilari boʻlib, mil. av. 4ming yillik oxirida qoʻllangan. Hoz. 5 mingga yaqin Misr iyeroglifi maʼlum. Misr Ierogliflari orasida quyidagilar fa-rqlanadi:
1) bir konsonatli belgilar (30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan;
2) morfemalarni fonetik ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar;
3) bir butun soʻzni ifodalash uchun ide-ogrammalar;
4) determinatlar — soʻz maʼnosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz etilmaydigan) ideografik belgilar.
Ierogliflar termini yozuvning boshqa tizimlariga nisbatan ham ishlatiladi. Mas, qad. (mil. av. 2 minginchi yillar) va hoz. Xitoy yozuvi, xat yozuvining (mil. av. 2—1ming yillar) turli tasviriy (mixxat boʻlmagan) belgilari va b. ga nisbatan qoʻllaniladi (q. Xitoy yozuvi, Yapon yozuvi).