IXVON as-SAFO (arab. — sof biro-darlar) — 10-a. da Yaqin va Oʻrta Sharqda paydo boʻlgan falsafiy maktab. Ta-niqli namoyandalari: Abu Sulaymon al-Bustiy, Abdul Hasan alzanjoniy, Abu Ahmad almirajoniy, Zayd ibn Rifo. Qolganlari oʻz nomlarini yashirgan. Ixvon as-safo as-S. ning maqsadi xalqoʻrtasida falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlarni yoyish edi. Shu maqsadda 51 risola yozilgan boʻlib, «Sof birodarlar tuhfasi» (Bombay, 1882) va «Sof birodarlar nomasi» nomlari bilan mashhur. Bu noma 4 boʻlimga: mat., tabiiyot, psixologiya, ilohiyot va fikd fanlariga boʻlinadi. Mazkur risolalar falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlar qomusi vazifasini oʻtagan. Ularning falsafasi qorishiqtusda boʻlib, yunon falsafasiga ilohiyot va sufiylik belgilari aralashtirilgan edi. Bu faylasuflar mantiqsa Aristotel, olam tu-zilishi masalalarida Ptolemey, antropologiya va tibbiyotda Galen taʼsirida boʻlganlar. Ularning taʼlimoti 16-a. oxiriga kelib, mustaqil yoʻnalish sifatida yoʻqolib ketdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые