IXTIYORUDDIN QALʼASI

IXTIYORUDDIN QALʼASIHirot sh. ning shim. devori yonida Malik Fax-riddin Kurt tomonidan 1300-y. lar atrofida qurilgan qalʼa. Xom gʻishtdan toʻrtburchak shaklida ishlangan, burchaklarida burjlari bor. I. q. Shohrux Mir-zo (1404—1447)ning amri b-n tosh hamda pishiq gʻishtdan qayta tiklangan. Huroson viloyati poytaxti — Hirot sh. ning oʻrdasi Ixtiyoruddin qalʼasida joylashgan. Uning shim. va jan. tomonidan darvoza atrofi suv toʻlatib qoʻyiladigan keng va chuqur xandaq bilan oʻralgan. Darvozaga oʻtiladigan koʻpriklar zarur paytda zanjirlar bilan tortib, koʻtarib qoʻyilgan. Unda qurol-aslaha, siyosiy mahbuslar, muhim hujjatlar va b. sakdangan. Hozir ham Ixtiyoruddin qalʼasi xarobalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x