IXTIYOROV

IXTIYOROV Baxtiyor (1940. 28. 3, Buxoro) — Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intining musiqali drama f-tini tu-gatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rej. (1959-76), bosh rej. (1980-88), 1976—80 y. lar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988—91 y. lar Satira teatrida bosh rej., aktyor (1991-y. dan shu teatrda aktyor, rej.). Eng yaxshi rollari: AsadOltin qidiruvchilar»), Koʻsadov («Ravshan va Zulxumor»), Asad («Kimga toʻy, kimga aza»), Abubakr («Jon qizlar»), Tohir («Ishqing bilan»), Par-voz («Ajab savdolar») va b. Kinodagi yirik rollari: Hasan («Ajoyib xayolparast»), Baxtiyor («Choʻl usti osmon»), Baxtiyor («Yor-yor»), Qoʻgʻirchoqboz («Oʻtgan kunlar»), Hofiz («Nodirabegim»), Yet-tinchi jin («Yettinchi jin»), Suhrob («Abu Rayhon Beruniy») va b. Rej. sifatida «Ezop» ( G. Figeyredu ), «Yolgʻonchi darkor» (D. Psatas), «Jumagul» (T. Qaipberganov), «Jonim fido» (I. Rahim), «Kimga toʻy, kimga aza» (N. Safarov), «Xotinimning eri» (G. Xugayev va K. Pliyev), «Otasining qizi» (Isfan-diyor), «Soʻnggi oʻq» (Oʻ. Umarbekov), «Aka-uka sovchilar» (R. Muhammadjo-nov), «Layli va Majnun» (A. Navoiy), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Ixtiyorov komik aktyor boʻlib, obraz yaratishda ifoda vositalarini tezkorlik b-n kengaytirish, voqeaning ijtimoiy mohiyatini, oʻz sanʼati jihatlarining hajviy tomonlarini chuqurlashtirish, boʻrttirib koʻrsatish qrbiliyatiga ega. Uning hajvlari kuldiribgina qolmay, balki kulgu ortiga yashiringan dardi kishini oʻylashga majbur etadi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x