ITBAXMASTBEL TIZMASI — Qashqadaryo viloyatidagi tizma. Hisor tiz-masining jan.-gʻarbiy tarmoklaridan. Eng baland joyi 1040 m., uz. 14 km. Dehqonobod past togʻlari tarkibiga kiradi. Itbaxmastbel tizmasining jansharqiy yon ba-gʻirlari ancha tik. Yon bagʻirlari quruq soy va oʻzanlar bilan parchalangan, suvay-irgʻich qismi paleogen (Buxoro yarusi)ning qattiq ohaktoshlaridan tarkib topgan. Toʻq boʻz tuproqlarda efemer va efemeroidlar, bugʻdoyiq, togʻ shuvogʻi, kovil, koʻziquloq, bodom, lista va b. usadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые