ITALYAN TILI

ITALYAN TILIitalyanlar tili. Hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Shveysariya, Shim. sharqiy Afrika, Jan. va Shim. Amerikada tarkdlgan. Italyan tilida 65 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1992). Italyan tili shevalari 3 katta guruhga boʻlinadi: shim., markaziy va jan. Jonli lotin tili asosida yuzaga kelgan. Lotin tilining asta-sekin Italyan tili sifatida qayta tarkib topishi 6 — 10-a. larga toʻgʻri keladi. 13-a. dan boshlab, ijtimoiy-iqti-sodiy va siyosiy taraqqiyot bilan Italiya shevalari ichida Florensiya (Toskan) shevasi alohida oʻrin egalladi va shu asosda italyan adabiy tili shakllandi. Italyan tili dagi soʻzlar deyarli qoʻsh undoshli boʻlib, unli tovushlar bilan tugaydi. Urgu soʻzning oxiridan ikkinchi boʻgʻiniga tushadi. Egalik olmoshi artikl bilan keladi. Gapda soʻz tartibi erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x