ISʼHOQ ibn KUNDOJ, Ibn Kun dojiq (?—893) — abbosiylar qoʻshinidagi turkiy amirlardan. Jasorati va koʻrsatgan qahramonliklari tufayli «Isʼhoq Kundashikan» («Isʼhoq toʻnkayorar») nomi bilan shuhrat qozongan. Xalifalar Muʼtamid Alalloh (870 — 892-y. larda hukmronlik qilgan) va Muʼtazid Billoh (892—902-y. larda hukmronlik qilgan) davrida Mosul va Jazira (Mesopotamiya) voliysi boʻlgan, amir Zanj va tuluniylar sulolasi asoschisi Ibn Tulun bilan birgalikda koʻplab jangu jadallarda qatnashgan.
Isʼhoq ibn kundoj K. vafot etgach, rivoyatlarga koʻra, Amudaryo boʻyida boʻlgan Gunbod qalʼasi yoniga dafn etilgan.