ISTIQLOL

ISTIQLOL (arab. — ozodlik, mustaqillik, erkin boʻlish) — inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. «Istiqlol» soʻzi «mustaqillik» soʻziningoʻzagi hisoblanadi va unga nisbatan bir-lamchi asos vazifasini oʻtaydi. Arab tilidan kirib kelgan bu soʻzlar asrlar davomida qoʻllanib, oʻzbek xalqi tafakkuriga singib ketgan. Mustaqillikka erishish Istiqlolning toʻla maʼnoda vokelikka aylangani, yaʼni boshqalarga tobe boʻlmay, oʻz erki bilan yashash, oʻzi-ni-oʻzi boshqarish va oʻz taqdirini oʻzi belgilash kabi tamoyillarning toʻla amalga oshganini bildiradi. Istiqlol, asosan, siyosiy jihatdan erkin boʻlishni anglatadi, mustaqillik — barcha sohalarda toʻla ozodlikka erishilgani, ix-tiyori oʻzida ekanini ifodalaydi.

Oʻzbekiston 1991-y. 31 avg. da oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va rivojlanishning oʻziga xos yoʻlidan borib, huquqiy demokratik davlat barpo etmoqda. Sobiq mustabid tuzum davrida muomaladan chetlatib qoʻyilgan «Istiqlol» va «mustaqillik» soʻzlari bugungi kunda tilimizda keng qoʻllanib, maʼnaviyatimizdagi asosiy tushunchalardan biriga aylandi.

Ad.: Karimov I., Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x