ISTEʼMOL KREDITI

ISTEʼMOL KREDITIisteʼmol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti bilan aholiga beriladigan pul mablagʻlari yoki tovarlardan iborat kredit. Odatda, aholining qimmatbaxr tovarlarni xarid etishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalanadigan tovarlar (avtomashina, uy, dala hovli, yaxta va h. k.) borki, ularni xarid etish uchun joriy daromadlar yetishmay qoladi, ularni narxi yuqori boʻlganidan nasiyaga olish zarurati paydo boʻladi. Isteʼmol krediti bevosita (bunda tovar egasi uni xaridorga oʻz nomidan nasiyaga sotadi va xaridorni oʻzining qarzdoriga aylantiradi) va bilvosita (bunda kreditni bank beradi, yaʼni tovar xa-qini toʻlab yuboradi va xaridor tovar egasidan emas, balki bankdan qarz boʻlib qoladi) kredit berish orqali amalga oshiriladi. Isteʼmol krediti berilganda xaridor uchun tovar narxi oshadi, chunki u kelajakda kaytariladigan pul tarkibida tovar nakdiga sotiladigan narxdan tashqari qarz uchun foiz ham toʻlaydi. Ammo tovarlarni sotish mushkullashganda va aholining muayyan qatlamini qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlganda foizsiz kredit ham ochiladi. Mas, talabalarga oʻqish haqini toʻlash uchun Isteʼmol krediti ochilganda foiz undirilmasligi mumkin. Firma oʻz ishchisi yoki xizmatchisiga tovar olish, oʻqish yoki davolanish uchun arzon yoki foizsiz kredit beradi. Isteʼmol krediti isteʼmolchini zamonaviy, lekin qimmatbaho tovarlardan bahramand etish, kishilarda kelajakda yaxshi daromad topishga intilish hosil qilish (chunki qarzni tulash qoʻshimcha daromad talab qiladi) va ichki milliy bozorni kengaytirish hisobiga tovarlar sotuvini oshirib, kapital oborotini tezlashtiradi. Koʻpchilik xori-jiy davlatlar, xususan, AQSHda aholiga Isteʼmol krediti berish keng rivojlangan. Ularda isteʼmolchilar kundalik ehti-yoj uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, hatto uzoq foydalaniladigan maishiy texnika, shuningdek, avtomobillar va b. ni ham nasiyaga olishi mumkin. Mahsulot yoki tovar haqi isteʼmolchining kelgusida ishlagan haqidan undirib olinadi.

Isteʼmol krediti hamma yerda emas, balki toʻyingan bozor (daromad topib qarzni toʻlash imkoni bor) yerda amal qiladi. Oʻzbekistonda 90-y. larning 2-yarmidan boshlab «Oʻzuyjoyjamgʻarmabank» davlat-aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki aholiga kvartiralar sotib olish uchun Isteʼmol krediti ajratadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x