ISTAHR

ISTAHR — qad. Persepolning oʻrta asrlardagi nomi. Shahar xarobasidan 5 km narida joylashgan. Istahr arablar tomonidan 2-marta (643, 649-y.) bosib olingan. Oʻrta asrlarda Istahr jome masjidi atrofi ustunlar bilan oʻrab olingan boʻlib, Maqdisiynpng yozishicha, har bir ustunning tepasida sigir tasviri tushirilgan; masjid ilgari otashpa-rastlarning ibodatxonasi boʻlgan. Istahr sosoniylar davrida Fors viloyatining asosiy shahriligicha qolgan. I. Somsom ad-davla davri (989—998) da amir Qu-tulmush tomonidan shunchalik talon-taroj etilganki, keyinchalik faqat qishloq sifatida tiklana olgan xolos. 12-a. boshida Istahrda atigi 100 ta erkak qolgan (Ibn alBalxiy).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x